Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nihoyat «Napoli» ham ochko yo‘qotdi - «Inter»ga qarshi o‘yin durang bilan yakunlandi
Foto: Getty Images
Italiya «A» Seriyasining 9-turida «Inter»ga qarshi maydonga chiqqan «Napoli» durang o‘ynadi. O‘yin Neapoldagi «San-Paolo» stadionida bo‘lib o‘tdi va uchrashuvda hisob ochilmadi.
Maydon egalari butun o‘yin mobaynida tashabbusga ega bo‘lishdi, biroq milanliklarning himoyasini yorib o‘ta olishmadi. «Napoli»da eng yaxshi vaziyat birinchi bo‘lim o‘rtalarida yuzaga keldi, biroq mehmonlar darvozaboni Samir Xandanovich avvaliga Lorentso Insinening zarbasini qaytardi, so‘ngra Dris Mertens tomonidan qayta yo‘llangan to‘pni to‘xtatib qolishga muvaffaq bo‘ldi.
«Napoli» garchi «A» Seriyaning joriy mavsumida ilk marta ochko yo‘qotgan bo‘lsa-da, 25 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalini boshqarishda davom etmoqda. 23 ochko jamg‘argan «Inter» ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Mavzuga oid
12:21 / 01.07.2025
Klublar mundialida sensatsiyalar kuni. «Siti» va «Inter» turnirdan chiqarib yuborildi
01:49 / 01.06.2025
«PSJ» finalda «Inter»ga 5 ta gol urdi
16:34 / 31.05.2025
Final oldidan: kim va nega g‘olib chiqishi mumkin?
19:29 / 23.05.2025