Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: 23 oktabrda Kataloniya mustaqilligi e'lon qilinmoqchi
Foto: siol.net
Kataloniya rahbari Karles Puchdemon 23 oktabrda muxtoriyat mustaqilligini e'lon qilmoqchi. Bu haqda o‘z manbasiga iqtibos keltirgan holda El Confidencial nashri xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, Puchdemon va Kataloniyaning San-Visens-dels-Ors shahri meri Uriol Junkeras Ispaniya bosh vaziri Mariano Raxoy Ispaniya hukumati favqulodda yig‘ilish davomida Kataloniya rahbariyatini hokimiyatdan chetlatish hamda mahalliy hukumatni o‘zini boshqarish huquqini cheklashga imkon beruvchi Ispaniya konstitutsiyasining 155-moddasini joriy qilish qarorini qabul qilganini aytgandan keyin Kataloniya mustaqilligini e'lon qilish jarayonini tezlashtirishga qaror qilishgan.
Nashrning ma'lum qilishicha, muxtoriyat Ispaniyadan ajralishini qanday e'lon qilishi noma'lum. Buning uchun parlament yig‘ilishi chaqirtirilishi mumkin. Kataloniya hukumati shu yo‘l bilan Ispaniya senati qaror chiqarishidan avval mustaqillikni e'lon qilmoqchi.
Mavzuga oid
23:54 / 02.09.2025
Millat taqdirlangan kun
17:44 / 28.08.2025
Mustaqillik ruhiyati nima? Istiqlol uchun eng kerakli unsurlar
11:26 / 27.06.2025
Kataloniya separatistlari uchun amnistiya to‘g‘risidagi qonun o‘z kuchida qoldi
17:14 / 09.01.2025