Özbekiston mustaqillikka erişgan ilk yillarda va qisman keyinçalik ham jamiyatda “mustaqillik mulozimlar uçun qulaylik berdi, oddiy xalqning ahvoli esa keskin ijobiylaşmadi” degan qaraş çuqur ildiz otgan edi. Siyosatşunos Kamoliddin Rabbimov Kun.uz'dagi kolonkasida bu qaraşning ildizlari va mustaqillikni saqlaşning ikki omili haqida söz yuritadi.
Özbekiston mustaqilligiga hademay 34 yil töladi. Bu – bir asrning uçdan biri demakdir. Mustaqillikni anglaş va mustahkamlaş – har bir davr uçun alohida vazifa. Çunki davr özgarişi bilan mustaqillikning ma’no-mazmuni ham qisman özgarib, boyib boradi. Mustaqillikka bölgan yaşirinça va oşkora tahdidlar ham davrlar oşa özgarib boradi.
Özbekiston mustaqil bölgan 1991 yilda jamiyatimiz ham, davlatimiz ham bu ne’matning mohiyatini töliq anglamagan bölsak kerak. Buning sabablari bir qança.
Avvalo, jamiyatimizda “mustaqillik – bu davlat uçun, hukumat uçun, mulozimlar uçun qulaylik berdi, lekin oddiy xalqning ahvoli keskin ijobiylaşmadi” degan skeptik qaraş ança çuqur ildiz otgan edi. Çunki ijtimoiy tafakkur asrlar davomida şakllanadi. Ijtimoiy tafakkurdagi har qanday qaraş, qadriyat yoki munosabatning ildizlari ança çuqur şakllangan böladi. Xöş, Özbekiston ijtimoiy tafakkuridagi mustaqillikni anglaşdagi skeptitsizmning sabablari nimada edi?
Mustaqillikka munosabat – bu faqat mafkuraviy, emotsional narsa emas. Balki bu munosabatning ijtimoiy psixologik va sotsiologik jihatlari ham bor. Jamiyatni tuşuniş va ta’bir qila oliş qobiliyati – davlatning istiqbolini, qudratini belgilab beruvçi omillardan hisoblanadi.
Bizning mustaqillik borasidagi qaraşlarimiz, bu qaraşlarning salmoği va sifati – dunyoning boşqa jamiyatlarida uçramaydigan holat. Çunki zamonaviy tarixda eng oxiri parçalangan eng yirik davlat, imperiya – bu sobiq SSSR hisoblanadi. Ya’ni biz eng keç mustaqil bölgan davlat va jamiyatlardan birimiz. Qolaversa, haliga qadar bizni sobiq metropoliyaga boğliqligimiz juda yuqori. Şuningdek, keçagi imperiyaning özak davlati bölmiş Rossiya bugungi kunda katta uruş olib bormoqda, va mana şu uruşga munosabatda ham Özbekiston jamiyati bölinganini köriş mumkin. Bu böliniş çuqur va kattaligi körinib turibdi, bu uruşni talqin qilişda mustaqillikdan köra boşqa qaraşlar, odamlar ongidagi ustuvor qatlamlar borligini köriş mumkin.
Nega ijtimoiy tafakkurimizda Mustaqillikka, davlatga va millatga bölgan işonçda skeptitsizm uruğlari bor? Gap şundaki, har bir jamiyatning tarixiy evolyutsiyasi böladi. Özbekiston jamiyati va xalqining keyingi asrlardagi tarixiy evolyutsiyasi şuni körsatadiki, jamiyat öz hayotini erkinlik bilan yetarli darajada töyintira olmadi, davlatni öziga boğlay olmadi, davlat va jamiyat – alohida-alohida segment sifatida qoldi, qolaversa, davlat va jamiyat örtasida muttasil ziddiyatlar bölib keldi.

















