Ispaniya Konstitutsiyaviy sudi 26 iyun, payşanba kuni Kataloniya mustaqillik harakati iştirokçilariga nisbatan munozarali amnistiya töğrisidagi qonunni konstitutsiyaviy deb topib, ma’qulladi. Sud konservativ Xalq partiyasining da’vosini olti ovoz, törtga qarşi ovoz bilan rad etdi, deb xabar beradi AFP.

Madrid sudi bayonotida aytilişiça, amnistiya töğrisidagi qonunning qoidalari «Kataloniyada institutsional, siyosiy va ijtimoiy normallaştiriş maqsadida» qöllab-quvvatlanmoqda. Şuningdek, u yerda bunday amnistiya konstitutsiyaviy qonun nuqtayi nazaridan, agar favqulodda vaziyatga javob beriş bölsa va uning maqsadi jamiyat manfaatlariga mos keladigan bölsa, joiz bölişi mumkinligi qayd etilgan.

2018 yilda lavozimga kirişganidan beri Kataloniyadagi vaziyatni normallaştirişni özining ustuvor vazifasi deb atagan Ispaniya boş vaziri Pedro Sançes sud qarorini olqişladi. U, şuningdek, Ispaniyada «siyosiy inqiroz» tugaganini e’lon qildi, deb xabar beradi AFP.

Kataloniyaning bölinişi tarafdorlari uçun amnistiya töğrisidagi qonun 2024 yilda qabul qilingan. AFP ta’kidlaşiça, bu Sançesning Kataloniya mustaqilligi tarafdorlariga bergan imtiyozi bölib, u parlamentda ularning qöllab-quvvatlaşiga boğliq edi. Konservativ muxolifat tarafdorlari qonunga qarşi bir neça oydan beri norozilik bildirmoqda.

2017 yilda Ispaniyaning uşbu şimoli-şarqiy mintaqasini ajratişga muvaffaqiyatsiz urinişdan keyin mamlakat sud organlari tomonidan ilgari sudlangan kataloniyalik 400 ga yaqin faol amnistiyaga tuşadi. Biroq, amnistiya Belgiyada Ispaniya rasmiylaridan yaşirinib yurgan Kataloniya sobiq rahbari Karlos Puçdemonga ham tegişlimi yoki yöqmi, hozirça noaniq. Puçdemon nafaqat Kataloniya mustaqilligi böyiça referendum ötkazganlikda, balki davlat mablağlarini özlaştirganlikda ham ayblangan, deya ta’kidlaydi AFP.