Fan-texnika | 17:30 / 23.10.2017
5754
1 daqiqa o‘qiladi
Ilon Mask yuqori tezlikdagi tunnelning birinchi qismi uchun ruxsat oldi
AQShning Merilend shtati amaldorlari Ilon Maskka uzunligi 16 km. bo‘lgan tunnelni qurishga ruxsat berishdi. Bu haqda Mashable xabar qilmoqda.
Bu qism Maskning The Boring Company kompaniyasi uchun birinchi loyihaga aylanadi. Loyiha doirasida Nyu-York va Vashington o‘rtasida yuqori tezlikdagi tunnelni qurish rejalashtirilgan.
Ta'kidlanishicha, Mask loyihani hayotga tatbiq etishi uchun boshqa shtatlar, shuningdek, federal hukumatdan ham ruxsat olishi kerak. Bunga qadar tadbirkorga Los-Anjyeles atrofida tajribalar uchun kichik tunnelni qurishga ruxsat berishgandi.
Mavzuga oid
20:38 / 14.11.2024
NBC: Ilon Maskning xatti-harakatlari Trampning atrofidagilarning g‘ashini keltira boshladi
20:37 / 13.11.2024
The Guardian Twitter’ni tark etishini ma’lum qildi
11:58 / 12.11.2024
Mask, kichik Kennedi va Uayls: Trampning atrofidagilar kim va qaysilari yangi ma’muriyatda lavozim olishi mumkin?
14:15 / 10.11.2024