Jahon | 08:34 / 23.10.2017
9421
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziya qurolli kuchlari qo‘mondoni oxirgi lahzada AQShga qo‘yilmadi

Indoneziya qurolli kuchlari qo‘mondoni Gatota Nurmantio AQSh qurolli kuchlari shtablari boshliqlari qo‘mitasi boshlig‘i Jozef Danforddan taklif olganiga qaramasdan AQShga qo‘yilmadi. 

Nurmantio 23-24 oktabrda o‘tadigan, ekstremizmga qarshi kurash masalalariga bag‘ishlangan anjumanda ishtirok etishi kerak edi. Biroq Nurmantio AQShga ketishdan bir kun avval AQShning bojxona-chegarasi xizmatidan uning delegatsiyasiga AQShga kirishga ruxsat berilmagani haqida ogohlantirish olgan. 

Indoneziya tashqi ishlar vazirligida Vashingtondan ushbu holat bo‘yicha tushuntirish berish talab qilingan. AQSh davlat departamenti va Pentagon hozircha bu vaziyatga hech qanday izoh bermagan. Biroq AQShning Jakartadagi elchisi Nurmantioga yetkazilgan noqulayliklar tufayli Indoneziya tashqi ishlar vaziriga uzrini keltirgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid