20:43 / 23.10.2017
27594

Ona 12 yoshli bolasining yoniga kelib urilgan chaqmoqni videoga oldi

Argentinaning Posadas shahrida yashovchi Karolina Kotur tomdan tushayotgan yomg‘ir oqimi ostida soyabon bilan o‘ynayotgan 12 yoshli o‘g‘lini videoga olishga qaror qildi. Ayol bu vaqtda internetda oxirgi mahal paydo bo‘lgan eng qo‘rqinchli roliklardan birini suratga olayotgani xayoliga ham kelmagan bo‘lsa kerak. 

Gap shundaki, ayol farzandining shundoq yoniga chaqmoq kelib urilgan.

"Bu yorqin-sariq olov shar edi. Barchasi sanoqli soniyalar ichida yuz berdi. Bu yuz berganda men baqirib, mobil telefonimni otib yubordim. Farzandimdan bir metr nariga chaqmoq kelib urilganiga ishonishim qiyin edi", deb eslamoqda voqeani ayol.

Baxtli tasodif, ayolning farzandi chaqmoq urishdan jabr ko‘rmagan, biroq onasi kabi juda qo‘rqib ketgan. Ayolning aytishicha, tabiat shu tariqa unga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lish kerakligiga ishora qilib qo‘ygan. Rolik "Feysbuk"da ommalashib, 100 mingdan ko‘proq marta tomosha qilingan.

Mavzuga oid
Top