Abdulaziz Komilov Lavrovning o‘rinbosari bilan Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama etdi
24 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatimizga ishchi tashrif bilan kelgan Rossiya Federatsiyasi stats kotibi – tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Grigoriy Karasinni qabul qildi.
TIV sayti xabarida aytilishicha, muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarining muhim masalalari, jumladan ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil aprel oyida Rossiyaga davlat tashrifi va yuqori darajadagi keng ko‘lamli muzokaralari davlatlararo munosabatlarda yangi va dinamik bosqichni ochib berganligini, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sohalarda o‘zaro manfaatli aloqalar kengaytirganligi, O‘zbekiston va Rossiya viloyatlarining bevosita aloqalarini, shuningdek madaniy va gumanitar almashuvlarini faollashtirishga imkon yaratgani ta'kidlandi.
Mintaqaviy va xalqaro masalalarni muhokama qilish chog‘ida Afg‘onistondagi vaziyatga alohida e'tibor qaratildi.
Shu kunning o‘zida Tashqi ishlar vazirligida yuqori darajadagi ikki tomonlama maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralarda Rossiya Elchisi Vladimir Tyurdenev ishtirok etdi.
Mavzuga oid
19:07 / 13.09.2024
Abdulaziz Komilov AQShning Afg‘oniston bo‘yicha vakili bilan uchrashdi
11:10 / 14.08.2024
Abdulaziz Komilov: «Qo‘shnilar bilan hech qanday muammo bo‘lmasligiga erishish – tashqi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishi»
15:50 / 20.01.2024
Abdulaziz Komilov Bryusselda YeK rahbarining bosh maslahatchisi bilan uchrashdi
12:52 / 20.01.2024