Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyada terlashi qon ketishi bilan kechadigan qiz kasalxonaga yotqizildi
Italiyalik shifokorlar 21 yoshli qizni kasalxonaga olib ketishdi, uning kaftlari va yuzidan hech qanday sabablarsiz qon ketgan, deb xabar bermoqda Canadian Medical Association Journal.
Bemorning ma'lum qilishicha, bu kasallikdan uch yildan beri azob chekib keladi hamda qon nega chiqayotganini aniqlay olmayapti. Uning ta'kidlashicha, bunday holatlar bir daqiqadan besh daqiqagacha davom etadi hamda stress bilan yanada kuchayadi. Qizning xabar qilishicha, jamiyatdan ajralib qolishga majbur bo‘lgan, bu esa unda ruhiy tushkunlik va vahima hissini keltirib chiqargan.
Shifokorlarning xulosasiga ko‘ra, qiz gematidroz – terning qon bilan aralashadigan va teri orqali chiqadigan kam uchraydigan kasallikdan aziyat chekadi. Xastalik qon tomirlari devorchalarining shikastlanishi bilan bog‘liq. Bemorga qon tomir tizimini mustahkamlashga va stressni kamaytirishga qaratilgan preparatlar kursi buyurildi.
Mavzuga oid
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
10:10 / 18.06.2026
O‘zbekistonlik shifokorlar Italiyada 5 ming yevrogacha maosh olishi mumkin
11:00 / 10.06.2026
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
22:05 / 29.05.2026