Qirg‘iziston-Qozog‘iston chegarasi. 9 kilometr uzunlikdagi muammo
Qozog‘iston bilan chegaradagi «Ak-Jol» va «Ak-Tilek» nazorat-o‘tkazish punktlarida vaziyat hamon murakkab bo‘lib turibdi, deb xabar qiladi Qirg‘izistonning 24.kg nashri.
Qayd etilishicha, ertalabki soat 8:30da Kant shahri yaqinidagi, chegaraga olib boruvchi yo‘lda taxminan 500 ta mashina navbat kutib turgan. «Yechimi topilmayotgan muammoning uzunligi 9 kilometrni tashkil etadi», deya yozadi nashr.
Chegarachilarning so‘zlariga ko‘ra, bir sutka davomida nazorat-o‘tkazish punktidan taxminan 130 ta yuk mashinasi o‘tgan, bir soat ichida 5-6 ta mashina o‘tkazilmoqda. Yuk avtolari o‘z chizig‘i bo‘ylab harakatlanmoqda, yengil mashinalar esa navbatda turishibdi.
Uzoq masofalarga yuk tashiydigan haydovchilarning «24.kg» nashriga aytishicha, aslida besh kun avval navbatning eng oxirida turganlar, faqat bugun nazorat-o‘tkazish punktiga yaqinlashgan.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, mahalliy aholi va tashkilotlar oziq-ovqat olib kelib, ularni boqishmoqda.
«Bizga har kuni issiq ovqat olib kelishadi. Qozoq va belaruslarning o‘zlari aytishmoqda, qayerda shunday holatga tushishgan bo‘lsa, hech qachon bunday munosabatga duch kelishmagan. Bu bo‘yicha qirg‘izlarga gap bo‘lishi mumkin emas!» - degan haydovchilar.
Qozog‘iston tomonidan ham yuk mashinalari navbati paydo bo‘lgan. Haydovchilarning aytishicha, uning uzunligi ikki kilometrdan ortiq, hamda o‘tkazish imkoniyati ham shunday – soatiga 5 ta mashinadan.
«U yerda navbat nega paydo bo‘lganini bilasizmi? Sababi Rossiyadan Qozog‘istonga qo‘yishmagan. U yerda ham yigitlar 10 kunlab kutishgan. Kuni kecha esa ularni kiritishdi, ularning hammasi bu yergacha yetib keldi. Biroq u yerda ularga ovqat berishmagan, buni bu yerga yetib kelgan yigitlardan eshitdik», - deya qo‘shimcha qilib o‘tishgan haydovchilar.
«Shuning uchun shu yerda turibmiz, Talasga borishni hech kim xohlamaydi. Biznikilar-ku o‘tkazmoqda, qozoqlar – yo‘q. Biroq biz o‘zaro urushayotganimiz yo‘q, bu borada bizda hammasi joyida», - degan ular.
Nashrning ta'kidlashicha, ertalabki soat 10.30da bu postda taxminan 40 ta avtomashina to‘plangan – yengil, yuk mashinalari va yo‘lovchi transporti.
«Tungi soat 12da kelgandim, hozir mana soat 10.34, hali ham turibman. Bir soatda 1-2 mashinani o‘tkazishmoqda», - deya aytib o‘tgan haydovchilardan biri.
Biroq, ba'zi haydovchilarning aytishicha, qandaydir yo‘llar bilan nazorat-o‘tkazish punktidan o‘tib ketayotganlar ham topilmoqda.
«Bu, albatta, surbetlik. Biz turibmiz, qarama-qarshi polosadan esa chegarachilar bilan «kelishib olganlar» o‘tkazilmoqda», - degan ular.
Xullas, ikki davlat fuqarolari rahbariyat shaxsiy ambitsiyalar va o‘rtadagi xafagarchilikni yo‘qotib, eng asosiy boylik – bu insonlar ekanini tushunishlarini kutib turishibdi.
Mavzuga oid
17:30 / 14.11.2024
Qirg‘iziston Issiqko‘lni saqlab qolish uchun qo‘shnilarga kamroq suv berishi mumkin
16:31 / 14.11.2024
Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida birinchi temiryo‘l sayohat dasturi boshlanadi
15:25 / 14.11.2024
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan mingdan ortiq o‘lik tyulenlar topildi
21:23 / 13.11.2024