Jamiyat | 11:20 / 24.10.2017
4319
2 daqiqa o‘qiladi

Latviyaga sayohatga yuborish va'dasi bilan firibgarlik qilgan shaxs qo‘lga olindi

Mirzo Ulug‘bek tumanida Mirzo Ulug‘bek tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari sohaviy xizmat xodimlari bilan hamkorlikda Latviyaga sayyohatga yuboraman deb 2.750 AQSh dollari va 300.000 so‘m pulini aldab olib, o‘z ehtiyojiga ishlatib yuborgan firibgar qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Mirzo Ulug‘bek tumanida 23 oktabr kuni soat 20.54da, joriy yilning 15 may kuni soat 13.38da, 1985 y.t., «Jaloliddin Omad» MChJ rahbari, muqaddam 2012 yilda Yunusobod tumanida O‘zbekiston Respublikasi JKning 168 m. 2 q., 211 m. 2 q., 2014 yilda Shayxontohur tumanida O‘zbekiston Respublikasi JKning 168 m. 1 q. 211 m. 1 q., 26.01.2017 yilda Chilonzor tumanida O‘zbekiston Respublikasi JKning 168 m. 2 q. bilan sudlangan, Uchtepa tumani, Zarafshon 1-tor ko‘chasida yashovchi I.A. Lashkarbegi ko‘chasida joylashgan Latviya davlati elchixonasi oldida, 1982 y.t., Buxoro viloyati, Buxoro shahri, N.Buxoriy ko‘chasida yashovchi R.X.ga Latviya davlatiga sayohatga borish uchun viza olib berishini va'da qilib, 2.750 AQSh dollari va 300.000 so‘m pulini olib, o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgani aniqlanib, ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro I.A.ga nisbatan Mirzo Ulug‘bek tuman IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-m. 1-q. bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid