Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Orban: Sharqiy va Markaziy Yevropa davlatlari noqonuniy migratsiyaga qarshilik ko‘rsata oldi
Sharqiy va Markaziy Yevropa davlatlari noqonuniy migratsiyaga qarshilik ko‘rsata oldi. Yevropada bu hudud muhojirlardan xoli yagona hududdir, deb aytdi 23 oktabrda Vengriyadagi 1956 yilgi inqilobning nishonlanishi munosabati bilan so‘zlagan nutqida Vengriya bosh vaziri Viktor Orban.
"Mistik moliyaviy kuch Yevropani zamonaviy migratsiya, millionlab muhojirlar va qochqinlar bilan "mukofotladi". Bu reja Yevropadan aralash qit'ani hosil qilish uchun o‘ylangan, biroq biz qarshilik ko‘rsata oldik. Polyaklar, chexlar, slovaklar, ruminlar va vengrlar bu jarayonda birlashishimiz lozim", deb aytdi Orban.
Austria Press Agency nashrining yozishicha, Orban "Sharqiy va Markaziy Yevropani butun Yevropada muhojirlardan xoli hudud" deb atadi. Yevropadagi har bir yangi saylov aholi o‘z taqdirini o‘zi hal qilishni va siyosiy vaziyatni o‘z qo‘liga olishni istayotganini ko‘rsatmoqda. "Biz xavfsiz, adolatli, nasroniy va erkin Yevropani istamoqdamiz", deb o‘z so‘zlarini yakunlagan Orban.
23 oktabrda Vengriyada sovet tuzumiga qarshi 1956 yilgi inqilobni nishonlaydi. Shu yilning 11 noyabrida inqilob sobiq ittifoqi qo‘shinlari tomondan bostirilgan. Sobiq ittifoq o‘shanda Sharqiy blokka kiruvchi davlat ustidan nazoratni saqlab qolish uchun kuch ishlatishga tayyorligini ilk bor namoyish qilgan.
Mavzuga oid
09:00 / 16.06.2026
Vengriya parlamenti bosh vazir lavozimida bo‘lish muddatini chekladi
08:58 / 04.06.2026
Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lishi yo‘lida muhim qadam tashlandi
18:06 / 27.05.2026
Vengriya parlamenti Xalqaro jinoiy suddan chiqish jarayonini to‘xtatdi
09:44 / 23.05.2026