Jamiyat | 20:20 / 24.10.2017
52401
2 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryo viloyatida «xaker» fosh etildi

Foto: Fotolia

Guliston shaxar IIB Tergov bo‘limining ma'lumotiga ko‘ra, tergov harakatlari davomida aniqlanishicha, nomalum shaxs o‘zganing mulkini yashirin ravishda qo‘lga kiritish maqsadida, Guliston shahar, 4-mavze, 45-uy, 9-xonadoniga Sirdaryo “O‘ztelekom” filiali bilan tuzilgan shartnomaga asosan o‘rnatilgan adreslar orqali internet manzildan foydalangan holda 2017 yil may oyidan 2017 yil iyun oyi oxiriga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida 17 nafar fuqarolarning jami 1.021.026,55 so‘mlik internet MB trafigini o‘g‘irlab olib, o‘z manfaati yo‘lida foydalanib kelgan. Bu haqda KUN.UZ’ga Guliston shahar IIB xabar berdi.

Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari va Sirdaryo viloyat “O‘ztelekom”dan olingan ma'lumotnoma natijasida 16.10.2017 yilda ushbu jinoyatni 1998 yilda Guliston shahrida tug‘ilgan muqaddam sudlanmagan, mavsumiy ishchi, Guliston shahrida yashovchi F.X. sodir etganligi aniqlangan. 

Fuqaro F.X.ga O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan ayblov e'lon qilinib, unga “garov” ehtiyot chorasi  qo‘llanilgan.

Mavzuga oid