Fuqarolik sudiga beriladigan ariza IIBda

Guliston şahrida yaşovçi fuqaro Munavvarxon Rajabova (maqoladagi ism-şariflar özgartirilgan) şahar IIB boşliği nomiga ariza bilan murojaat qilib, “öziga tegişli bölgan, opasi Saodat Asadovaning nomidagi xonadonni nomiga rasmiylaştirib berilmayotganini ma’lum qilib, uşbu xonadonni özining nomiga rasmiylaştirib berişda amaliy yordam” söragan.

Odatda bunday nizolarni fuqarolik tartibida sud orqali hal qilişni tavsiya qiliş bilan çeklanadigan IIB nimagadir arizani jinoyat haqida xabarlarni röyxatga oliş kitobi (şakl-1)dan röyxatdan ötkazgan va tergovga qadar suriştiruv ötkazişga kirişgan.

Içki işlar qaçon birovni nomidagi mulkni boşqa bir fuqaro nomiga rasmiylaştirib beradigan idoraga aylanib ulgurdi?

Suriştiruvda aniqlanganlari ham jinoyat emas. Tafsilotlar quyidagiça: murojaatçi Munavvarxon Rajabova nomiga rasmiylaştirişda “IIBdan yordam” sörayotgan xonadon opasi Saodat Asadova nomidagi mulk – köp qavatli turar joyning birinçi qavatida joylaşgan noturar joy. Barça tegişli hujjatlar ham uning nomida. Bu xonadonni Munavvarxon Rajabovaga rasman xeç qanday aloqasi yöq.

Saodat Asadovaning özi Rossiyaning Sankt-Peterburg şahrida şifoxonada hamşira bölib işlaydi. Xonadonni tasarruf etiş huquqiga oid işonçnomani öğlining nomiga qoldirgan. Uşbu işonçnoma beradigan huquq asosida öğil xonadonni bir muddat notarial tartibdagi oldi-sotdi şartnomaga asosan boşqa fuqaroga sotgan.

Uşbu aniqlangan holatlar jinoyat sifatida malakalangan va Saodat Asadova hamda uning öğliga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda köp miqdorda firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Guliston şahar IIB TB tergovçisi, katta leytenant X.B.Eşpölatov tomonidan Saodat Asadovaga nisbatan yuqoridagi modda bilan ayb e’lon qilinib, sirtdan qamoqqa oliş töğrisida sanksiya ham olingan. Qidiruv e’lon qilingan.

Vaholanki, ayb e’lon qilinib, sanksiya olinib, qidiruv e’lon qilinguniga qadar mazkur xonadon Saodat Asadova nomiga qaytarib sotib olingan edi. Bugungi kunda ham xonadon uning nomida turibdi.

Rossiya politsiyasi hayratda

Ayol şu yil 12 dekabr kuni işlab yurgan joyi – Sankt-Peterburg oblastining Smolenskiy tumanida uşlanib, politsiya xibsxonasiga joylaştirilgan.