Yerdagi so‘nggi barrel neftning taqdiri bashorat qilindi
Yerdagi so‘nggi barrel neft Saudiya Arabistonida olinadi. Bu haqda Saudiya Arabistoni energetika vaziri Xolid al-Falih Future Investment Initiative forumida aytib o‘tdi.
Uning aytishicha, Saudiya Arabistonining Saudi Aramco kompaniyasi jahon neftining chorak ulushiga ega va eng ishonchli neft yetkazib beruvchi hisoblanadi. "Shubha yo‘qki, sayyoramizdagi neftning so‘nggi barreli Saudiya Arabistonida, Saudi Aramco tomondan olinadi", deb aytdi vazir.
IPO Saudi Aramco doirasida kompaniyaning 5 foiz aksiyalari sotilishi kutilmoqda. Kompaniya rahbari Amin Nasserning aytishicha, uni 2018 yil ikkinchi yarmida o‘tkazish rejalashtirilmoqda va u dunyodagi eng yirik IPO bo‘lishi mumkin. Buning natijasida qirollik hukumati kompaniyaning umumiy qiymati 2 trln dollarga tengligidan kelib chiqib 100 mlrd dollar mablag‘ qo‘lga kiritishni mo‘ljallamoqda.
Saudi Arabian Oil Company yoki Saudi Aramco Saudiya Arabistonining milliy neft kompaniyasi bo‘lib, qirollik oilasi bilan yaqin aloqalarga ega.
Mavzuga oid
08:10 / 12.11.2024
O‘zbekistonga Saudiya kompaniyalarining qariyb 2,5 mlrd dollarlik investitsiyalari jalb etiladi
19:01 / 11.11.2024
O‘zbekiston va Saudiya bosh prokurorlari tergov va axborot almashinuvida hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzoladi
09:25 / 11.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi
18:01 / 10.11.2024