Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ITEP: Apple ofshor hisoblarda 246 mlrd dollar saqlaydi
Apple kompaniyasi ofshor hisoblarda 246 mlrd dollarga yaqin pul saqlaydi. Bu haqda AQShning soliqqa tortish va iqtisodiy siyosat instituti (ITEP) hisobotida aytilgan, deb yozmoqda The Bell.
ITEP’ning baholashicha, Apple AQSh byudjyetiga taxminan 76,7 mlrd dollar kam soliq to‘lagan. Bunday kompaniyalarning yetakchi uchtaligiga Pfizer farmatsevtik kompaniyasi va Microsoft ham kirgan. Ularning ofshorlarda saqlayotgan mablag‘lari mos ravishda 199 va 142 mlrd dollarni tashkil qiladi.
Fortune’ning 500 ta eng yirik kompaniyalar ro‘yxatiga kiruvchi tashkilotlar hammasi bo‘lib ofshor hisoblarda 2,6 trln dollardan ko‘proq mablag‘ saqlaydilar. Bunda Apple, Pfizer, Microsoft va General Electric kompaniyalari hisobiga bu qiymatning chorak ulushi, Fortune 500 ro‘yxatidan o‘rin olgan 30 ta kompaniya hisobiga ofshorlarda saqlanuvchi 1,76 trln dollar to‘g‘ri keladi.
2016 yil avgustda Yevropa Ittifoqi Apple’ga soliq e'tirozlari bildirgandi. Ma'lumotlarga ko‘ra, Irlandiya Apple’ga 13 mlrd dollarlik soliqni to‘ldashdan qochishga imkon bergan. Dekabrda kompaniya unga bildirilgan e'tiroz ustidan shikoyat qilgan.
Mavzuga oid
11:30 / 10.06.2026
Yangi Siri: Apple sun’iy intellekt poygasiga jiddiy qo‘shildi
18:12 / 09.06.2026
Tezkor iOS 27 va Siri chat-bot sifatida - Apple taqdimoti
22:14 / 28.05.2026
iPhone o‘g‘rilaridan himoyalanishning yangi usuli ishlab chiqilmoqda
18:27 / 08.05.2026