Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya mudofaa vaziri tarixda ilk marta Qatarga tashrif buyurdi
Foto:anna-news.info
Rossiya mudofaa vaziri, armiya generali Sergey Shoygu Qatarga keldi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Ta'kidlanishicha, bu Rossiya tarixida mamlakat mudofaa vazirining Qatarga ilk tashrifidir.
"Qatar mudofaa vaziri Xolid bin Muhammad Al-Attiyya bilan muzokaralar davomida harbiy va harbiy-texnik hamkorlik masalalari muhokama qilinadi", deb aytdi jurnalistlarga Rossiya mudofaa vazirligining rasmiy vakili, general-mayor Igor Konashenkov.
Tashrif davomida Dohada harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo kelishuv imzolandi. Ikki davlat mudofaa vazirlari kelishuv ostiga o‘z imzolarini qo‘yishgan. Shuningdek, vazirlar ishtirokida "Rosoboroneksport" va Qatar mudofaa vazirligi vakillari o‘rtasida harbiy-texnik hamkorlik sohasida memorandum va hamkorlik qilish bo‘yicha shartnoma imzolangan.
Kutilishicha, Shoyguni Qatar amiri Tamim bin Hamad Ol-Soniy qabul qiladi. Uchrashuv vaqtida global va mintaqaviy xavfsizlik masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
16:17 / 31.01.2026
Rossiya Trampning iltimosiga qaramay Ukrainaga yana zarba berdi
14:27 / 31.01.2026
Kanada Rossiya hududida vizalar berishni to‘xtatdi
14:26 / 31.01.2026
Sirdaryoda pul uchun Rossiya armiyasiga yollangan 60 yoshli shaxs 5 yilga qamaldi
14:09 / 31.01.2026