Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Si Tszinpin Trampning tashrifini sabrsizlik bilan kutayotganini aytdi
Foto: AP Photo / Alex Brandon
Xitoy raisi Si Tszinpin 25 oktabrda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali suhbatda Trampning Pekinga tashrifi vaqtida ikki tomonlama munosabatlar rejasi ustida ishlashga tayyorlikni bildirdi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi xabar bermoqda.
"AQSh prezidentining Xitoyga rasmiy tashrifi yaqin orada yuz beradi. Biz Pekinda Xitoy-AQSh munosabatlarini rivojlantirish rejasi, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishni rag‘batlantirish ustida birga ishlashimizni sabrsizlik bilan kutmoqdaman. Bular ikki davlat xalqlariga yanada katta foyda keltiradi", deb aytgan Xitoy yetakchisi.
U Xitoy AQSh bilan munosabatlarni qadrlashini qo‘shimcha qildi. Bu munosabatlarning rivojlanishi nafaqat Pekin va Vashingtonga muhim, balki butun dunyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash va mustahkamlash uchun zarur.
Tramp o‘z navbatida Si Tszinpinni Xitoy kompartiyasi bosh kotibi lavozimiga qayta saylangani bilan tabrikladi.
Avvalroq Oq uyning yuqori lavozimli mansabdor shaxsi noyabr boshida Tramp Osiyoning bir nechta davlatlariga tashrif buyurishini ma'lum qilgan. Tramp 5 noyabrda Yaponiyaga, 6-7 noyabrda Janubiy Koreyaga, 8 noyabrda Xitoyga, 10 noyabrda Vetnamga tashrif buyuradi. Tramp Vetnamda Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi forumida ishtirok etgach, 12-14 noyabrda Filippinda bo‘ladi.
Mavzuga oid
12:07 / 23.02.2026
Trampning qarorgohi yonida otib o‘ldirilgan shaxs 21 yoshli rassom bo‘lgan
22:37 / 02.02.2026
Xitoy ketma-ket 16 yildan buyon dunyodagi eng yirik kemasoz davlat maqomini saqlab turibdi
20:40 / 02.02.2026
Xitoyda Birma mafiyasining yana to‘rt a’zosi qatl etildi
23:40 / 30.01.2026