Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroqda IShIDning oxirgi tayanch nuqtalariga hujum boshlandi
© AP Photo / Khalid Mohammed
Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy Rava va Al-Qaym shaharlarini IShIDdan ozod qilish uchun harbiy harakatlarni boshlashga buyruq berdi. Bu haqda kurdlarning Rudaw telekanali xabar tarqatdi.
Frans Press agentligi xabariga ko‘ra, ushbu shaharchalar IShID jangarilarining Iroq hududidagi oxirgi tayanch nuqtalari hisoblanadi.
Al-Obodiy bundan avvalroq Anbar viloyati g‘arbidagi hududlar va Kirkuk shimolidagi Al-Xavija shahri jangarilardan to‘la ozod qilingani haqida ma'lum qilgandi.
Shuningdek, AQSh boshchiligidagi harbiy koalitsiya IShID poytaxti hisoblangan Raqqa shahri ham jangarilardan tozalangani haqida e'lon qildi.
Qayd etilishicha, Iroqdagi Mo‘sul va Suriyadagi Raqqa shaharlarini yo‘qotish orqali IShID to‘la mag‘lubiyatga uchradi.
Mavzuga oid
23:18 / 07.04.2026
Iroqda o‘g‘irlab ketilgan amerikalik jurnalist Shelli Kittlson ozod qilindi
12:11 / 21.03.2026
NATO Erondagi urush sabab Iroqdagi missiya xodimlarini olib chiqmoqda
15:03 / 13.03.2026
Iroqdagi harbiy bazaga dron zarbasi oqibatida fransuz harbiysi halok bo‘ldi
11:10 / 13.03.2026