Sport | 10:20 / 26.10.2017
6297
6 daqiqa o‘qiladi

Italiyada 10-tur uchrashuvlari (turnir jadvalidagi vaziyat)

25 oktabr oqshomida Italiya A Seriyasining 10-tur uchrashuvlari davom ettirildi. 24 oktabr kuni «Inter» «Sampdoriya»ni yengib, birinchi o‘ringa ko‘tarilib olgandi.

«Milan» esa seshanba oqshomida «Kevo»ga qarshi o‘ynadi. Veronadagi «Mark-Antonio Bentegodi» stadionida kechgan uchrashuv 4:1 hisobida mehmonlar foydasiga hal bo‘ldi.

Rossonerilar safida gollarga Suso, Hoqon Chalxono‘g‘li va Nikola Kalinich muallif bo‘lishdi, yana bir golni mezbonlar himoyachisi Boshtyan Tsesar o‘z darvozasiga yo‘llab qo‘ydi, Valter Birsa bitta gol bilan javob qaytardi. Shu tariqa, «Milan» Italiya chempionatida 4 uchrashuvdan iborat g‘alabasiz seriyasini yakunladi.

«Yuventus» ham bu turda yirik g‘alabaga erishdi, SPAL Turinda 4:1 hisobida mag‘lub etildi.

Turinliklar safida Federiko Bernardeski, Paulo Dibala, Gonsalo Iguain va Xuan Kuadrado bittadan gol urishdi. Mehmonlarning yagona javob goli Alberto Paloski nomiga yozildi.

«Napoli» «Jyenoa» ustidan g‘alaba qozonib, turnir jadvalidagi peshqadamlikni davom ettirdi. Genuya kechgan uchrashuv mehmonlarning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Dris Mertens dubl qayd etdi, yana bir golni Ervin Jukanovich o‘z darvozasiga yo‘lladi. Mezbonlar jamoasi safida Odil Taarabt va Armando Itstso bittadan gol urishdi.

«Roma» bu turda «Krotone»dan ustun keldi — 1:0

Turning boshqa uchrashuvlarida «Latsio» «Bolonya»ni yengib qaytdi (2:1), «Fiorentina» «Torino»dan ustun keldi (3:0), «Kalyari» «Benevento»ga o‘ninchi mag‘lubiyatni taqdim etdi (2:1), «Sassuolo» «Udineze»ga yutqazdi (0:1), «Atalanta» «Verona»ga imkoniyat qoldirmadi.

Italiya chempionati
10-tur

Kevo – Milan 1:4 (0:2, 1:2)
Gollar: 0:1 – 36 Suso, 0:2 – 42, avtogol Tsesar, 0:3 – 55 Chalxanoglu, 1:3 – 61 Birsa, 1:4 – 64 Kalinich.
Kevo – Sorrentino, Kachchatore, Gamberini, Tsesar, Tomovich, Kastro (Gobbi, 71), Radovanovich, Xetemay, Birsa (Medjorini, 65), Pellisse (Stempinski, 56), Puchcharelli.
Milan – Donnarumma, Kalabriya, Musakko, Romanoli, Rodriges, Kessie, Bigliya (Lokatelli, 68), Chalxono‘g‘li, Suso (Montolivo, 73), Kalinich (Andre Silva, 81), Borini.
Ogohlantirishlar: Borini (12), Xetemay (14), Musakko (65), Chalxono‘g‘li (69), Medjorini (83).

Jyenoa – Napoli 2:3 (1:2, 1:1)
Gollar: 1:0 – 4 Taarabt, 1:1 – 14 Mertens, 1:2 – 30 Mertens, 1:3 – 60, avtogol Zukanovich, 2:3 – 76 Itstso.
Jyenoa – Perin, Itstso, Rossettini, Zukanovich, Lazovich, Velozu (Omeonga, 61), Bertolachchi (Pandev, 84), Laksalt, Rigoni, Taarabt, Galabinov (Lapadula, 63).
Napoli – Reyna, Hyusay, Kirikesh, Kulibali, G‘ulom, Zelinski, Diavara, Hamshik (Allan, 81), Kallejon (Rog, 71), Mertens, Insine (Jakkerini, 90).
Ogohlantirishlar: Zukanovich (74), Rog (86).

Yuventus – SPAL 4:1 (2:1, 2:0)
Gollar: 1:0 – 14 Bernardeski, 2:0 – 22 Dibala, 2:1 – 34 Paloski, 3:1 – 65 Iguain, 4:1 – 70 Kuadrado.
Yuventus – Shchensny, Lixtshtayner, Rugani, Bardzali, Aleks Sandro, Bentankur (Pyanich, 59), Xedira (Markizio, 75), Bernardeski (Kuadrado, 56), Dibala, Duglas Kosta, Iguain.
SPAL –    Gomis, Ikonomu (Kosta, 64), Salamon, Felipe, Ladzari, Skyavon, Viviani, Ritstso (Mora, 78), Mattello, Borrello, Paloski (Bonatstsoli, 71).
Ogohlantirish: Rugani (37).

Roma – Krotone 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 10, penalti Perotti.
Roma – Alisson, Karsdorp (Florentsi, 82), Fasio, Moreno, Kolarov, Nainggolan, Gonalon, Jyerson (Pellegrini, 75), Under (Defrel, 64), Djyeko, Perotti.
Krotone – Kordats, Sampirizi, Simich, Chekkerini, Pavlovich, Roden (Faraoni, 60), Barberis (Romero, 84), Mandragora, Nalini, Krochata (Stoyan, 80), Budimir.
Ogohlantirishlar: Budimir (71).

Bolonya – Latsio 1:2 (0:2, 1:0)
Gollar: 0:1 – 4 Milinkovich-Savich, 0:2 – 28 Lulich, 1:2 – 50, avtogol Lulich.
Bolonya – Mirante, Kraft, De Meo, Xelander, Masina, Donsa (Nad, 42), Krisetig (Falletti, 70), Pulgar, Verdi, Destro, Kreychi (Okvonkvo, 80).
Latsio – Strakosha, Bashtush, de Vrey, Radu, Marushich (Gabarron, 89), Parolo, Leyva, Milinkovich-Savich, Lulich (Lukaku, 64), Luis Alberto (Nani, 73), Immobile.
Ogohlantirishlar: Masina (19), Bashtush (55), Radu (72), Falletti (85).

Sassuolo – Udineze 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 32 Barak.
Sassuolo – Konsili, Gatstsola, Kannavaro, Acherbi, Peluzo, Sensi, Manyanelli (Bondini, 63), Missiroli, Berardi (Raguza, 76), Falchinelli (Matri, 58), Politano.
Udineze – Bissarri, Larsen, Larangeyra, Samir, Adnan, Bexrami, Rider Matos (Xadlvredsson, 74), Barak, Yankto, Lazanya (de Paul, 64), Peritsa (Lopes, 51).
Ogohlantirishlar: Samir (45), Peluzo (54), Yankto (69), Larsen (74), Kannavaro (90).

Fiorentina – Torino 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 29 Benassi, 2:0 – 66 Simeone, 3:0 – 74, penalti El-Babakar.
Fiorentina – Sportello, Lorini (Brunu Gashpar, 79), Petstselya, Astori, Biragi, Badel, Veretu, Keza, Tereo (Esserik, 19), Benassi, Simeone (El-Babakar, 72).
Torino – Sirigu, de Silvestri, Nkulu, Moretti, Barreka, Rinkon (Valdifori, 67), Bazelli, Yago Falke (Molinaro, 77), Lyayich, Nyang, Umar (Berenger, 46).
Ogohlantirishlar: Bazelli (18), Astori (41), Rinkon (61), Moretti (74).
Chetlatish: Barreka (73).

Kalyari – Benevento 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 9 Farago, 1:1 – 90, penalti Yyemmello, 2:1 – 90 Pavoletti.
Kalyari – Bittenkur, Romanya, Cheppitelli, Pizakane (Kapuano, 39), Farago, Barella, Chigarini (Ionitse, 64), Padoin, Miange, Sau (Farias, 79), Pavoletti.
Benevento – Brinoli, Letitsia (Koda, 80), Antey, Gimsiti, Di Kyara, Chibsa, Chichiretti (Viola, 61), Kataldi, Memushay (Lombardi, 73), Lazaar, Yyemmello.
Ogohlantirishlar: Di Kyara (15), Farago (28), Chigarini (55), Padoin (76), Barella (83), Pavoletti (88).

Atalanta – Verona 3:0 (0:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 50 Froyler, 2:0 – 59 Ilichich, 3:0 – 75 Kurtich.
Atalanta – Gollini, Toloi, Kaldara, Palomino, Xatebur, de Ron, Froyler, Gosens, Ilichich (Orsolini, 77), Gomes (Vido, 77), Kornelius (Kurtich, 64).
Verona – Nikolas, Romulo, Karachcholo, Erto (Li Syn U, 71), Suprean, Cherchi (Patstsini, 64), Fossati, Bessa, Fares, Verde, Kin (Dzakkani, 80).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid