Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jarrohlar ayolga sochlari bilan birga butunlay shilinib ketgan bosh terisini tikib qo‘yishdi
Yaponiyalik jarrohlar baxtsiz hodisa tufayli bosh terisi sochlari bilan butunlay shilinib ketgan ayolni muvaffaqiyatli operatsiyadan o‘tkazishdi. Bu mamlakatdagi ikkinchi shunday jarrohlik amaliyoti. Hodisa haqida BMJ Case Reports jurnali xabar bermoqda.
Ayolning sochlari yigiruv sexidagi mashina mexanizmiga ilakishib qolgan. Bosh terisi burunga qadar butunlay shilinib ketgan. To‘rt soatdan keyin esa plastik jarrohlar uni o‘z joyiga qaytarib tikib qo‘yishdi. Shifokorlar boshning faqatgina o‘ng qismida normal qon aylanishiga erishishgan. Shuningdek, ular zararlangan nervlarni ham birlashtira olishmadi.
Ikki hafta o‘tib chap ko‘z oldida hajmi 3x4 sm. bo‘lgan quruq teri qismi paydo bo‘ldi. Jarrohlar o‘lgan to‘qimalarni olib tashlab, uning o‘rniga ayol tanasidan olingan teri qismini qo‘yishdi. Bemor operatsiyadan ikki oy o‘tib o‘zini yaxshi his eta boshladi, uning sochlari o‘sa boshlagan. Boshning chap qismida ular kamroq bo‘lgan, bu qon aylanishi tizimining buzilishi bilan bog‘liq.
Bir yil o‘tib ayolning ahvoli ancha yaxshilandi. Sochlar o‘sishda davom etgan, u ko‘zini yumishi va ochishi mumkin bo‘ldi, shuningdek, o‘ng qoshini ham uchirishga qayta o‘rgandi. Bundan tashqari, bosh terisining his etish funksiyalari tiklangan. Bularning bari asab tolalari mustaqil ravishda tiklanganidan darak beradi, deya aniqlik kiritishmoqda maqola mualliflari.
Mavzuga oid
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026