O‘zbekiston | 17:10 / 27.10.2017
29063
3 daqiqa o‘qiladi

28 oktabr kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma'lumoti

Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 28 oktabr kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 10-12 daraja iliq, kunduzi 21-23 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi 5-10, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba'zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, faqat Toshkent viloyatining shimoliy hududlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 21-26 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo  va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba'zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 4-9 daraja,  kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

Mavzuga oid