Jahon | 08:00 / 28.10.2017
16786
1 daqiqa o‘qiladi

AQShning Rossiya bo‘yicha maxsus prokurori ilk ayblovini e'lon qildi

Foto: Getty Images

Vashington Federal hakamlik sudi AQShning Rossiya bo‘yicha maxsus prokurori Robert Myuller tomonidan «Rossiyaning saylovga aralashuvi»ga doir ilk ayblovlarini tasdiqladi. Bu haqda CNN telekanali voqeadan xabardor manbalariga asoslangan holda xabar qilmoqda

Shu bilan birga, telekanal ayblov tafsilotlariga to‘xtalmagan, chunki hujjatlar muhrlangan. Shuningdek, ayblov mohiyati ham ma'lum emas. 

Xabarlarga ko‘ra, 30 oktabr kuni ayblov e'lon qilingan shaxslar ushlanishi mumkin. 

Myuller vakili bu xabarni izohlashdan bosh tortgan. 

Mavzuga oid