Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Biz Supermenga urildikmi?": AQShda samolyot osmonda noma'lum jism bilan to‘qnashib ketdi
AQShda "Oklaxoma-Siti Tander" basketbol jamoasi samolyoti Minneapolisdan Chikagoga parvoz qilayotganda unga noma'lum obekt kelib urilgan. Buning oqibatida samolyot tumshug‘ida katta pachoq hosil bo‘lgan, deb xabar bermoqda The Daily Mail nashri.
Klubning o‘yinchilaridan biri, Milliy basketbol uyushmasi yulduzi Stiven Adams samolyot qo‘ngandan keyin pachoqlangan samolyot suratini namoyish qilgan.
"Parvoz yumshoq qilib aytganda, murakkab bo‘ldi", deb yozgan Adams.
Yana bir basketbolchi Patrik Patterson Snapchat ijtimoiy tarmog‘iga samolyotning pachoqlangan tumshug‘i surati aks etgan videoni joylashtirgan.
"Bu biz parvoz vaqtida Supermen bilan osmonni bo‘lisha olmagan lahza", deb yozgan Patterson.
Reysni amalga oshirgan Delta aviakompaniyasi vakillari samolyot Chikagoga qo‘nishdan oldin qush bilan to‘qnashib ketgan bo‘lishi mumkinligini aytishgan.
Mavzuga oid
15:42
ICE'ga qarshi noroziliklar: AQShda ikki jurnalist hibsga olindi
09:40
Federal zaxira tizimi rahbarligiga nomzod: Tramp o‘z maslahatchisini tanladi
09:01
AQSh Adliya vazirligi Epshteyn ishi bo‘yicha 3 mln sahifadan ortiq materialni e’lon qildi
23:40 / 30.01.2026