Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanadada qariyb 2 mln dollarlik noyob mashinalar to‘plami yonib ketdi
Kanadada o‘t balosi tufayli 40 ta noyob avtomobil, pikaplar, sport va superkarlardan iborat mashinalar to‘plamining kuli ko‘kka sovurildi. Harri va Darlin Kessidilar oilasiga tegishli kolleksiya qiymati 2,3 million Kanada dollariga (taxminan 1,8 AQSh dollari) baholangan, deb yozmoqda Driving.
Yong‘in Britaniya Kolumbiyasi viloyatining Lengli shahrida ro‘y bergan. Kessidining o‘z avtomobillari uchun barpo qilgan maxsus binosida yong‘in chiqqan. Inshootning maydoni 790 kv.m.ni tashkil etgan.
O‘t o‘chiruvchilar yong‘indan so‘ng 45 daqiqa o‘tgach voqea joyiga yetib kelgan. Ular avtomobillarni va binoni saqlab qolishning uddasidan chiqa olmagan.
Harri Kessidining so‘zlariga ko‘ra, avtomobillar va bino ham sug‘urtalangan bo‘lgan. Biroq, uning qayd etishicha, 30 yil mobaynida to‘plagan avtomobillari orasida noyoblari ham bo‘lgan. Ularning o‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydi. U mashinalaridan bu tarzda mahrum bo‘lishni farzandini yo‘qotish bilan qiyosladi.
Legend Tank Lines Ltd kompaniyasi prezidenti Harri Kessidi logistika xizmatlarini ko‘rsatishga rahbarlik qiladi.
Mavzuga oid
07:43 / 13.06.2026
Kanada JCh tarixidagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi
16:40 / 12.06.2026
Mundial tanishtiruvi. B guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
14:14 / 12.06.2026
Kanada ham bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqchi
22:32 / 09.06.2026