Jahon | 08:19 / 28.10.2017
8903
1 daqiqa o‘qiladi

Shotlandiya hukumati Kataloniyaning pozitsiyasini hurmat qilishini aytdi

Foto: Reuters

Shotlandiya hukumati Kataloniya hukumati pozitsiyasiga hurmat bildirdi, biroq muxtoriyatning mustaqilligini tan olmadi. Bu haqda Shotlandiya tashqi ishlar vaziri  Fiona Xislopga iqtibos keltirgan holda "Bi-bi-si" xabar bermoqda

Xislopning bayonotida Shotlandiya Kataloniya hukumati pozitsiyasini tushunishi va hurmat qilishi aytilgan. Shuningdek, bayonotda Kataloniyada o‘z kelajagini o‘zi belgilash huquqi bo‘lishi kerakligi ta'kidlab o‘tilgan. 

Xislop bayonoti so‘ngida Ispaniya va Kataloniyani muloqotga chaqirgan.

27 oktabrda Kataloniya o‘z mustaqilligini e'lon qildi. Shundan keyin Ispaniya senati konstitutsiyaning Kataloniya Madriddan boshqarilishini ko‘zda tutuvchi moddasini qo‘llashga ovoz bergan.

Mavzuga oid