Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Kataloniya mustaqilligiga munosabatini bildirdi
Foto: Yves Herman/Reuters
Rasmiy Anqara Kataloniya parlamenti tomonidan mustaqillik e'lon qilinganini qoralaydi hamda Ispaniya hududi yaxlitligini hurmat qilishini bildiradi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi bayonotida ma'lum qilingan.
Ma'lumki, Kataloniya parlamenti Ispaniyadan mustaqil bo‘lish rezolyutsiyasini ma'qullab ovoz bergan edi. Shundan so‘ng, Ispaniya senati konstitutsiyaning 155-moddasini qo‘llashga qaror qildi. Unga ko‘ra, muxtoriyatda Madridning bevosita boshqaruvi kiritildi.
"Biz Ispaniyaning Kataloniyasidagi vaziyatni diqqat bilan o‘rganayapmiz. Kataloniya parlamenti tomonidan tashlangan qadam to‘g‘ri qaror emas. Ispaniya hududi yaxlitligi, mamlakat konstitutsiyasi va ispan xalqi irodasini hurmat qilamiz. Mahalliy parlament tomonidan bir tomonlama qabul qilingan qaror Ispaniya konstitutsiyasi, uning qonunlariga ziddir va mintaqa aholisining irodasini aks ettirmaydi", — deyiladi bayonotda.
Turkiya hukumati mazkur muammo mintaqada keskinlikni oshirmasligiga hamda demokratiya va qonun ustuvorligi tamoyili asosida hal etilishiga ishonch bildirgan.
"Biz ittifoqchimiz va do‘stimiz bo‘lgan Ispaniya ushbu sinovga dosh berishiga ishonamiz. Turkiya Ispaniya hukumatining bu yo‘nalishdagi sa'y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi", — deb qo‘shicha qilingan Turkiya TIV bayonotida.
Mavzuga oid
21:00 / 04.03.2026
NATO havo mudofaasi Turkiya tomonga uchirilgan Eron ballistik raketasini urib tushirdi
18:59 / 04.03.2026
Turkiya va O‘zbekiston diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 34 yilligini nishonlamoqda
12:55 / 04.03.2026
Tramp Ispaniyaga to‘liq savdo embargosi joriy etmoqchi
08:30 / 04.03.2026