Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda imkoniyati cheklangan shaxslar va sobiq mahbuslar kvota asosida ishga joylashtiriladi
O‘zbekiston hukumati ijtimoiy himoyaga muhtoj va ish topishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qaror loyihasini jamoatchilik muhokamasiga taqdim etdi. Hujjat Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida joylashtirildi. Taxminlarga ko‘ra, qaror 2017 yilning 1 dekabridan kuchga kirishi kutilmoqda.
Loyihaga ko‘ra, «mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobat qila olmaydigan» fuqarolar: yolg‘iz va ko‘p farzandli, 14 yoshgacha hamda imkoniyati cheklangan farzandlarga ega ota-onalar; o‘rta-maxsus ta'lim muassasalari bitiruvchilari; armiyadagi xizmatdan ozod bo‘lgan askarlar; imkoniyati cheklangan va pensiya yoshidagi shaxslar; jazoni ijro etish muassasalaridan ozodlikka chiqarilganlar hamda odam savdosidan jabr ko‘rganlarni ishga joylashtirish uchun «korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ish o‘rinlarining minimal sonini yaratishga majburlar».
Qaror qabul qilingandan so‘ng bir oy muddat ichida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini ishga joylashtirish uchun kvotalarni belgilash bo‘yicha manzilli dasturlar tasdiqlanadi. Shu bilan birga, «joylarda davlat hokimiyati organi qaroriga muvofiq ajratilgan ish o‘rinlarining umumiy soni tashkilot xodimlari o‘rtacha sonining 10 foizidan ko‘pini tashkil etishi mumkin emas».
Agar tashkilotda (korxona bo‘lmasa) ajratilgan ish o‘rinlari soni xodimlar sonidan faqat bir shtat birligini tashkil etsa, imkoniyati cheklangan va ma'muriy nazorat ostidagi hamda jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarga ustunlik berilishi lozim.
Mehnat bo‘yicha organlar tomonidan ish o‘rinlari mavjud bo‘lgan muassasalar hamda tashkilotlarga yuborilgan shaxslarni ishga qabul qilishga asossiz ravishda rad javobini berish ma'muriy jarima solinishiga sabab bo‘ladi. U Davlat bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasiga o‘tkazib beriladi. Qarorning bajarilishini nazorat qilish mehnat bo‘yicha organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
18:41 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
23:00 / 10.06.2026
Shvetsiya o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga ochilmoqda
20:30 / 09.06.2026
“O‘g‘limning o‘rnidan boshqa bolani imtihonga kiritishgan” - Koreyaga ishga jo‘natish “biznesi” qurboni
08:32 / 17.03.2026