Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Atletiko» yana g‘alaba qozona olmadi, «Sevilya» nihoyat g‘alabaga erishdi (La Liga turnir jadvali)
Ispaniya chempionatining 10-turi doirasida «Atletiko» «Vilyarreal» bilan o‘ynadi. Madriddagi «Vanda Metropolitano» stadionida kechgan uchrashuvda g‘olib aniqlanmadi — 1:1.
O‘yin boshida Anxel Korrea maydon egalarini oldinga boshlagandi, ammo 81-daqiqada Karlos Bakka hisobni tenglashtiruvchi gol muallifiga aylandi.
«Atletiko» shu tariqa chempionat doirasida oxirgi 4 uchrashuvda uchinchi marta durang natija qayd etmoqda va jamoa 10 uchrashuvdan 20 ochko olgan holda primera turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda. «Vilyarreal» beshinchi o‘rinda madridliklarni ta'qib qilishda davom etdi (17 ochko).
Turning yana bir uchrashuvi «Sevilya» va «Leganes» o‘rtasida kechdi. O‘tgan turlarda va xalqaro maydonda og‘ir mag‘lubiyatlarni qabul qilib olgan «Sevilya» bu safar nihoyat g‘alabaga erishdi — 2:1.
Vissam Ben-Yyedder 20-daqiqada Pablo Sarabiyaning pasidan keyin hisobni ochdi, ammo bo‘lim oxirida «Leganes» Aleksander Shimanovskining penaltidan urgan goli evaziga hisobni tenglashtirdi. 54-daqiqada Sarabiya o‘z hisobiga gol ham yozib qo‘ydi va jamoasi g‘alabasini ta'minladi.
Endilikda «Sevilya» ochkolari sonini 19taga yetkazib, turnir jadvalida beshinchi o‘ringa joylashdi. «Leganes» 17 ochko bilan yettinchi o‘rinda bormoqda.
Ispaniya chempionati, 10-tur
Atletiko – Vilyarreal 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 61 Korrea, 1:1 – 81 Bakka.
Atletiko – Oblak, Xuanfran, Savich, Godin, Filipe Luis, Korrea, Gabi, Parti, Saul, Gameyro (Vetto, 75), Grizmann.
Vilyarreal – Barbosa, Mario Gaspar, Alvaro Gonsales, Ruis, Kosta (Rukavina, 69), Rodri Ernandes, Soriano (Kastilexo, 60), Trigeros, Fornals (Cheryshev, 76), Bakka, Bakambu.
Ogohlantirishlar: Trigeros (25), Bakambu (55), Bakka (79), Alvaro Gonsales (85).
Sevilya – Leganes 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 20 Ben-Yyedder, 1:1 – 48, penalti Shimanovski, 2:1 – 54 Sarabiya.
Sevilya – Soriya, Korshya (Navas, 78), Ker, Langle, Eskudero, Kron-Deli (Banega, 63), Nzonzi, Pisarro, Sarabiya, Ben-Yyedder, Korrea (Nolito, 42).
Leganes – Kuelyar, Saldua, dos Santos, Siovas, Raul Garsiya, Amrabat (El-Jar, 46), Peres (Brashanats, 59), Pires (Naranxo, 81), Shimanovski, Eraso, Bovyu.
Ogohlantirishlar: Peres (30), Pires (67), Naranxo (84).