Amazon farmatsevtika bozorini egallashga kirishmoqda
Amazon 12 shtat hukumatiga ulgurji dori-darmon savdosi uchun buyurtma berdi. St. Louis Post-Dispatch shu haqida xabar berdi. Unga ko‘ra, bittasidan tashqari hammasi tasdiqdan o‘tgan. Amerika nashrlarida ta'kidlanishicha, bu Jyeff Bezosning kompaniyasi joriy yildayoq farmatsevtika bozoriga chiqishi, yirik dorixona tarmoqlarini esa inqiroz kutayotganini bildiradi.
Amazon u yoki bu ma'noda tovarlarni yetkazish bilan bog‘liq bozor qatorlarini tobora egallab bormoqda. Kompaniyaning eng so‘nggi xaridlaridan biri Whole Foods mahsulotlar tarmog‘i bo‘ldi, bu Amazon'ning o‘z mijozlariga tez buziluvchi tovarlar, xususan oziq-ovqat mahsulotlarini ham yetkazish rejalaridan dalolat beradi. Shunday ekan, Amazon'ning ko‘p millionli dorilar bozoriga kirish istagi mutlaqo tabiiydir.
Bunga doir gap-so‘zlar tarqalganiga bir necha yil bo‘ldi, biroq yaqinda Amazon 12 shtat hukumatiga tibbiy tovarlarning ulgurji savdosi uchun litsenziya olishga buyurtma berdi.
Gap Men, Nevada, Arizona, Severnaya Dakota, Luiziana, Alabama, Nyu-Djyersi, Michigan, Konnektikut, Aydaxo, Nyu-Xempshir, Oregon va Tennessi shtatlari haqida bormoqda. Men shtatidan tashqari, barcha shtatlarda buyurtmalar tasdiqlangan.
Amazon'ga berilgan litsenziya turi kompaniyaga shifokor retsepti kerak bo‘lmagan tibbiy preparatlar va dorilarni sotish imkonini beradi. Hozircha Amazon faqat ulgurji savdo huquqiga ega, chakana savdoga chiqish uchun esa alohida litsenziya olishi kerak bo‘ladi.
Ekspertlarning fikricha, Bezos kompaniyasining farmatsevtika bozoriga kirishga doir qarori Amazon aksiyadorlarining noyabr oxiriga qadar bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishida qabul qilinishi mumkin.
Bozorning boshqa ishtirokchilari Amazon'ning farmatsevtika bozoridagi faolligidan xavotirda.
Mavzuga oid
20:31 / 13.11.2024
Volkswagen Tesla’ning raqobatchisi bilan 5,8 mlrd dollarlik bitim imzoladi
22:52 / 11.11.2024
Amazon o‘z haydovchi va kurerlari uchun navigatsiyaga ega aqlli ko‘zoynaklarni yaratmoqda
11:40 / 16.10.2024
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi
20:04 / 14.10.2024