Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Duterte: "kimdir" Kim Chen Inni muzokaralar o‘tkazishga ko‘ndirishi kerak
Filippin prezidenti Rodrigo Dutertening bayonot berishicha, "kimdir" KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan suhbatlashib, uni muzokaralar stoliga o‘tirishga ko‘ndirishi lozim. Bu haqda GMA News portali xabar bermoqda.
"Barcha davlat rahbarlari uni xavfli inson demoqda. Esdan chiqarmaslik kerakki, u o‘z xalqining yetakchisi. U o‘zini kim deb e'lon qilmasin, u bilan kimdir gaplashib ko‘rishi kerak. Amerika, Yaponiya, J.Koreya Kim Chen In bilan muloqot qilib, uni muzokaralar davrasiga o‘tirishga ko‘ndirsa yaxshi bo‘lardi", — degan Duterte Yaponiyaga tashrifi arafasida.
Filippin prezidentining Yaponiyaga safari 31 oktabrga qadar davom etadi. Bu Dutertening ushbu mamlakatga amalga oshirayotgan ikkinchi tashrifidir.
Mavzuga oid
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
08:55 / 26.03.2026
Lukashenko ilk bor KXDRga tashrif buyurdi
23:21 / 24.03.2026
KXDR Konstitutsiyasi o‘zgartirildi – uning nomidan «sotsialistik» so‘zi olib tashlandi
12:45 / 23.03.2026