Jahon | 07:29 / 30.10.2017
9761
1 daqiqa o‘qiladi

Meksikada futbol uchrashuvi vaqtida futbolchilar o‘qqa tutildi

Foto: AP

29 oktabrda Meksikaning Chilpansingo shahrida (Gerrero shtati) havaskor futbolchilar o‘rtasidagi uchrashuv vaqtida kamida 2 kishi o‘ldirildi.  

MVS Noticias portali ma'lumotlariga ko‘ra, bir guruh qurollagan kimsalar shundoq futbol maydonida futbolchilarni o‘qqa tutishgan. Oqibatda 2 kishi halok bo‘lgan, yana bir kishi og‘ir ahvolda qolmoqda. 

Ushbu jinoyatning sabablari va uni ijro etganlar haqida hozircha ma'lumotlar berilmagan.

Gerrero shtati Meksikaning jinoyatchilik darajasi eng yuqori bo‘lgan shtatlaridan biri hisoblanadi. Bu yerda joriy yilning yanvar oyidan sentabr oyigacha 1,72 mingta qotillik qayd qilingan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid