ÖFF Ijroiya qömitasining qaroriga köra, kelasi yildan oliy ligada 12 jamoa uç davrali tizimda iştirok etadigan böldi. Tuşuniladiki, oliy liganing ötayotgan mavsumida (4 tur qoldi) avval aytilganidek, 15-16 örindagi jamoalar emas, 12-16 örinlarni egallagan klublar yakunda oliy ligani tark etadigan böldi. Şunaqa deb yozilgan.
Xabarda bu işlarning barçasi özbek futbolini, xususan milliy çempionatimizni yanada qiziqarliroq qiliş, klublarning professionallaşuvini ta'minlaşga qaratilgani aytilib, vaziyat ekspertlar tomonidan çuqur örganilgani qayd etiladi. Ammo sport prinsiplari va reglamentga qarab turib, oddiy köz bilan, bu qarorning naqadar şoşilinç ekanini aytiş mumkin.
Birinçidan, oliy liga öyinlarini ötkazadigan taşkilot - PFL, ya'ni professional futbol ligasi. Bu taşkilot professional klublardan taşkil topgan va öşa klublar PFLga badal puli tölaydi. PFLning vazifasi uşbu klublar örtasidagi musobaqalarni adolat va qoidalar asosida taşkil qilib berişdan iborat. Bu futbol alifbosi, hamma joyda şunaqa.
Endi, iştirokçi klublarning sonini qisqartiriş haqidagi qaror har bir klubning iştirokida va muhokamasi ostida, heç bölmasa, ovoz beriş jarayoni orqali qabul qilinişi kerak. Misol uçun, APL kelasi yozdan transfer oynasida 31 avgustdan 12 avgustga surdi. Bu qarorga barça klublarning iştirokida, ovoz beriş orqali kelindi. Oliy ligadagi jamoalari soni va formati esa, transfer muddatlaridan ham köra jiddiyroq masala edi.
Uzoqqa bormaylik, bir neça yil oldin OAVda oliy liga formatini özgartiriş, aytaylik, mavsum oxirida kuçli oltilikning pley-off yordamida çempionni aniqlaşi masalasi kötarilgandi. Barça klublar iştirokida majlis bölib ötgan va aksariyat klublar vakillari bunday formatni ma'qullaşmagandi. ÖFFning bugungi Ijroiya qömitasi tarkibi bilan tanişdim, faqat «Lokomotiv», «Bunyodkor» va «Paxtakor» klublari rahbarlari 11talik guruhning içiga kirar ekan xolos. Demak, bu safar bunday qarorni qabul qilişda boşqa klublarning fikri inobatga olinmagan. Inobatga olingan taqdirda, ba'zi klublarning javobi qanday bölişi mumkinligini taxmin qiliş qiyin emas.
Ikkinçidan. Bu muhimroq.
Bunday qarorga nafaqat klublar, butun respublika referendum orqali 98.6 foiz ovoz bergan taqdirda ham, yangi format eng yaqini 2019 yilgi futbol mavsumidan amal qilişi şart edi. Aks holda adolat mezonlari buziladi.











