Keyingi ön yilliklarda dunyo demokratiyalari ança jiddiy inqirozlarni boşdan keçiryapti. Hatto köp asrlik demokratik an’analarga ega tizimlar ham siyosiy inqiroz va zöriqişlarni boşidan keçirmoqda. Buning sababi – populizm.

Populizmning aniq va hamma tomondan ma’qullangan ta’rifi yöq; lekin köpçilik tadqiqotçilar e’tirof etadigan muhim belgilari, xususiyatlari bor.

Populizm xalq va hokimiyatni ikki qarama-qarşi qutbga ajratadi. Populistlar xalqning tafakkuridagi utopiyalarga, moyilliklarga tanqidiy yondaşmaydi. Aksinça, jamiyat a’zolaridagi siyosiy qaraşlarni yanada soddalaştirişga harakat qiladi.

Populistlar, har doim, ijtimoiy murakkab bölgan jiddiy muammolarga oddiy, jön va sodda yeçimlar taklif qiladi. Misol uçun, “biz hokimiyatga kelsak, beş kunda jinoyatçilikni yöqotamiz”, “korrupsiyani bir kunda tinçitamiz”, “migrantlar bölmaydi”, “iş örinlarini ortiğiça yaratamiz” va h.k.

Ya’ni populistlar jamiyat ehtiyojlarini mutlaqlaştiradi va bu ehtiyojlarni qondirişdagi qiyinçiliklar va murakkabliklarni inkor etadi.

Populizmning öziga xos körinişi – demagogiya, yaşirinça va oşkora duşmanlar bilan kuraşişga çaqiriqlar, ayniqsa, byurokratiyaga qarşi birlaşişga da’vatlar va h.k.

Populizmni ifodalovçi ikkita markaziy xususiyat bor, bular – elitaga siyosiy tizim va institutlarga qarşilik, hamda siyosiy plyuralizmni inkor qiliş.

Populistlar xalqni “özimizning xalq” va “xoin, sotqin qatlam”ga bölişadi. Populistlar, jamiyatda turfa manfaatlar borligini, siyosiy plyuralizm zarurat ekanini inkor qilişadi. Ularning nazarida, plyuralizm ortida xalqning manfaatlariga zid kuçlar yaşiringan böladi. Şuning uçun ehtirosga berilgan xalq revanş qilişi – siyosiy vaziyatni qölga olişi va hokimiyatni populistlarga topşirişi nazarda tutiladi.

Populizm – bu nuqsonli demokratiyalarning, ijtimoiy-iqtisodiy zöriqişlar, noroziliklarning simptomi. Liberal-demokratiya esa – bu jamiyatdagi köpçilik irodasining hokimiyatga kelişi va qolgan kamçiliklarning haq-huquqlari kafolatlangan holat. Bunda davlat institutlari barqaror işlaydi. Lekin populizm ham “xalqqa” murojaat qiladi, unga “mana – xalq şuni istayapti” deya, oldin şakllangan institutlar va mexanizmlarni inkor etiş xos.

Keyingi yillarda köp asrlik demokratik tizimlar ham populizm bilan oğridi. AQŞ hokimiyatiga öng qanot populist hisoblanmiş Donald Tramp keldi. U amerikaliklarning irqiga, diniga, ijtimoiy maqomiga köra ajratdi, birini ikkinçisiga qarşi qöydi.