Tadbirda Oliy Majlis qonunçilik palatasi spikeri örinbosari Akmal Saidov ham çiqiş qildi. U mazkur çiqişida pandemiya immigratsiya borasida butun dunyoda yirik muammolarni paydo qilgani va bu jarayonda kuçsiz qatlam – muhojirlar eng köp aziyat çekayotganini ta'kidladi.

Spiker örinbosari şunday paytda migrantlarga yordam körsatişning muhimligi haqida gapirib, bir neça oy avval özbekistonlik muhojirlarga çet davlatlarining özida yordam körsatiş böyiça kötarilgan çaqiriqlarni tanqid qildi.

«Kimligini aytmay qöya qolay. Bir neça oy avval özbek migrantlariga çet davlatlarining özida yordam körsatiş böyiça çaqiriqlar paydo böldi. Taklif berişda ham öylaş kerak. Xöş, Rossiyada bir kunlik yaşaş xarajatlari qançaga tuşişini bilasizmi? Biz migrantlarga bunday paytda vatanga qaytiş uçun yetarliça şaroit qilib berişimiz lozim. Men deputatlardan ijtimoiy tarmoqlar orqali turli xil populistik çaqiriqlardan yiroq bölişlarini sörardim», – deya Akmal Saidov sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Eslatib ötamiz, «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi Markaziy kengaşi raisi Alişer Qodirov bir muddat avval çet eldan özbekistonliklarni vatanga qaytarişni vaqtinça töxtatib, ularni turgan mamlakatlarida davolanişlarini moliyalaştiriş taklifini bildirgan edi. 

«Xorijdan vatandoşlarimizni olib kelişni töxtatiş, ularni turgan mamlakatlarida davolanişlarini moliyalaştiriş haqida öylaşimiz kerak. Bu birinçi navbatda öşa vatandoşimizning qarindoşlariga, qolaversa butun Özbekistonga yaxşilik böladi», degan siyosatçi.

Ma'lumot uçun, qonunçilik palatasi spikeri örinbosari Akmal Saidov ham mansubligi böyiça «Özbekiston milliy tiklaniş» partiyasi a'zosi hisoblanadi.