Keyingi ön yilliklarda ğarbiy Yevropada hamda AQŞda populistlarning ta’siri muttasil oşib bormoqda. Ular asosiy siyosiy kuçga aylanib borişi esa dunyodagi barqarorlikka ham jiddiy ta’sir qiladi. Xöp, özi populistlar kimlar? Siyosatşunos Kamoliddin Rabbimov Kun.uz'dagi kolonkasida şu haqda söz yuritdi.
«Populist» – asli lotin tilidan olingan söz bölib «xalqparvar» degan ijobiy ma’noni beradi. Lekin bugungi siyosiy kontekstda bu atama asosan salbiy ma’noda, ma’lum yönalişdagi şaxslarga va siyosiy kuçlarga nisbatan işlatiladi.
Populistlarning bir qança muhim belgilari, öziga xos xususiyatlari mavjud. Ularga xos ikkita dixotomiya bor. Dixotomiya – bir-biriga boğliq bölgan qarama-qarşilikdir. Misol uçun, «oq-qora», «yaxşi-yomon». Demak, populistlarga xos bölgan birinçi dixotomiya – «xalq va hokimiyat».
Populistlar har doim amaldagi hukumatlarni, an’anaviy siyosiy partiyalarni ayovsiz va köpinça, asossiz ham tanqid qiladi, «hokimiyatning, elitaning, hukmron partiyalarning oyoği yerdan uzildi» deydi, jamiyatdagi muammolarni faqat öşa hukumatlar «mutlaq işlamayotgani», «quturib ketgani» bilan izohlaydi. Bu bilan populistlar xalqning nisbatan soddaligidan foydalanib, siyosiy vaziyatlarni soddalaştiriş bilan manipulyatsiya qilişadi.
Populistlarga xos ikkinçi dixotomiya – «biz va ular», «biznikilar va boşqalar», «özimiznikilar va begonalar» hisoblanadi. Populistlar uçun «duşman qiyofasi», «duşman obrazi» muhim rol öynaydi. Ular oddiy odamlarning muammolarini, qiyinçiliklarini va keçinmalarini duşman qiyofasi bilan boğlaşadi. Duşman esa siyosiy elitadan taşqari, migrantlar va emigrantlar, musulmonlar yoki boşqa din hamda millat vakillari, xalqaro taşkilotlar bölişi mumkin.
Misol uçun, Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridagi aksariyat populistlar uçun eng asosiy «duşmanlar» – mehnat muhojirlari, jumladan, musulmonlar, Yevropa Ittifoqi va uning taşkilotlari. Ya’ni populistlar özlari yaşab turgan jamiyatlarni ikkiga bölişadi: tarixan şakllangan öz xalqimiz va keyinçalik kirib olgan, köpayib borayotgan boşqalar... Şuning uçun ham, populistlar uçun fuqarolik – asosiy tan olinadigan institut emas. Misol uçun, Fransiyadagi Marin Le Pen boşqaradigan «Milliy birlaşuv» partiyasi islomofob hisoblanib, uşbu davlatdagi köplab arablarni, musulmonlarni «ikkinçi tabaqadagi» fuqarolar deb hisoblaşadi.
Xöş, öng va söl populistlarning farqi nimada? Ha, populistlar «öng» va «söl»ga ajraladi. Avvalo, öng va söllarni farqlab olsak. Agar siyosiy kuçlar asosiy e’tiborni «özlik»ka qaratsa, odamlarni ajratsa va ajratiş asosida özlik tursa – öng populist hisoblanadi. Misol uçun, Tramp – öng populist, u uçun oq tanli amerkialiklar, anglasakslar – eng muhim aholi qatlami. Yoki, Marin Le Pen uçun – oq tanli, an’anaviy va tarixan şakllangan etnik fransuzlar – birinçi örinda turadi. Xuddi şunday, Netanyahu va uning kabineti ham öng millatçilardan iborat.












