Messi ikkinchi yuztalik sari, yengilmas inglizlar, «Atletiko»ning muammolari. YeChL oqshomidagi asosiy intrigalar
Bugun, 31 oktabr oqshomida Yevropa yashil maydonlarida Chempionlar Ligasi guruh bosqichining navbatdagi, 4-tur o‘yinlariga start beriladi. Umuman, to‘rtinchi tur ko‘p jihatdan hal qiluvchi hisoblanadi va hatto mana shu turdan keyin 11 jamoa amalda keyingi bosqich masalasini hal qilib qo‘yishi ham mumkin.
Aynan bugungi o‘yinlarga e'tibor qaratsak, birgina «Roma» – «Chelsi» to‘qnashuvini aytmaganda, asosan yaqqol favoritlar va autsayderlar bir-biriga ro‘baru kelgan. Demak, katta ehtimol bilan, bugun maydonga tushadigan grand jamoalar g‘alaba qozonib, keyingi bosqich masalasini uzil-kesil hal qilishi mumkin. Jumladan, «PSJ» Chempionlar Ligasida eng ko‘p gol urgan va hali darvozasini daxlsiz saqlab kelmoqda, «Manchester Yunayted» va «Barselona» ushbu mavsumda barcha musobaqalarda o‘z maydonidagi barcha o‘yinlarni g‘alaba bilan yakunlagan, «Bavariya» yangi murabbiy qo‘l ostida hamma o‘yinlarni yutmoqda – ya'ni bu jamoalarning aynan bugunga kelib, boshqacharoq natija qayd etishlariga ishonish mushkul.
Keling, o‘yinlar oldidan bugun bo‘lib o‘tadigan guruhlardagi vaziyat va jamoalarning imkoniyatlari haqida to‘xtalib o‘tamiz.
A guruhi
Inglizlarni yengib bo‘lmaydimi?
Keyingi yillarda ingliz klublari YeChLda uzoqroqqa borishi noyob hodisaga aylanayozgandi. «Chelsi»ning 2011/12 yilgi mavsumdagi chempionligidan buyon Angliyaning hech qaysi klubi turnir finaliga chiqmadi. Lekin bu mavsumda o‘zgarishlar bor. Angliyadan bu mavsumda YeChLda 5 jamoa qatnashmoqda va hali ularning hech biri yutqazmadi. Inglizlar ishtirokidagi 15 o‘yinda 11 g‘alaba va 4 durang qayd etilgan, to‘plar nisbati 44-11. Shu kunlarda inglizlarning yana bir jamoasi Angliya U-17 terma jamoasi o‘smirlar o‘rtasidagi Yevropa chempionati finalida ispaniyalik raqiblarini tor-mor etishdi (5:2). Ko‘rinishidan Tumanli Albionda futbol renessansi ro‘y bermoqda.
Seshanba kungi o‘yinlarda «Chelsi» va «Manchester Yunayted» inglizlarning statistikasini saqlab qolishga harakat qilishadi. London jamoasi o‘tgan turda «Stemford Brij»da «Roma»ga qarshi o‘yinda 2:0 hisobidagi ustunlikni saqlab qola olmagan, o‘yin 3:3 hisobida yakunlangandi.
«Qizil iblislar» bugun «Benfika»ni qabul qiladi. Portugallarga g‘alaba juda zarur, ular endi Yevropa Ligasi uchun kurashishmoqda, ammo mankunianlar «Old Trafford»da bir yildan ortiq vaqtdan buyon mag‘lub bo‘lmagan, oxirgi mag‘lubiyat 2016 yilning 10 sentabrida «Manchester Siti»ga qarshi o‘yinda ro‘y bergan - 1:2.
BAZeL – TsSKA
Bazel. «Sankt-Yakob Park» stadioni. 00.45 (Match TV)
MANCheSTeR YuNAYTeD – BeNFIKA
Manchester. «Old Trafford» stadioni. 00.45 (Match Futbol 1).
- «Manchester Yunayted» agar bugun g‘alaba qozonsa-yu, «TsSKA» «Bazel»ni yuta olmasa, Mourino shogirdlari pley-off masalasini hal qilgan bo‘ladi. «Bazel» g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, «MYu»ga kamida 2-o‘rinni naqd qilishi uchun durang ham kifoya bo‘ladi.
- «Bazel» «TsSKA»ni yutadigan bo‘lsa, pley-off yo‘llanmasini muddatidan oldin hal qilishi mumkin. Buning uchun manchesterliklar o‘z maydonlarida «Benfika»ga mag‘lubiyatga uchramasliklari kerak.
- Agar «TsSKA» bugun mag‘lubiyatga uchrasa-yu, «MYu» mag‘lub bo‘lmasa, armiyachilar keyingi bosqichga chiqish imkoniyatidan butkul mahrum bo‘ladi.
- «Benfika» bugun «Old Trafford»da mag‘lubiyatga uchraydigan bo‘lsa, shu bilan birga «Bazel» ham yutqazmasa, portugaliyaliklarning imkoniyatlari butunlay tugaydi. Agar «Bazel» «TsSKA»ni yutsa, «Benfika»ni bugun durang ham qoniqtirmaydi.
V guruhi
«PSJ» gol o‘tkazmayapti, «Anderleht» gol ura olmayapti
B kvartetidagi ikki jamoa turnirning boshqa ishtirokchilaridan ajralib turibdi. «PSJ» 3 turda ham gol o‘tkazmagan yagona jamoa, «Anderleht» esa 3 turda ham raqiblar darvozasini ishg‘ol etmaslik bo‘yicha «tengsiz». Belgiyadagi o‘zaro uchrashuvda fransuzlar jamoasi yirik hisobda g‘alaba qozongandi (4:0), shu tufayli Parijda ham an'ana davom etishi haqiqatga yaqin. Neymar diskvalifikatsiya tufayli Fransiya chempionatining oxirgi turida dam oldi va Barselonadagi do‘stlarini ziyorat qilib keldi. Endi u yangi marralar sari tayyor. U YeChLdagi eng yaxshi braziliyalik to‘purarga aylanishga harakat qilmoqda, buning uchun u yana 7ta gol urishi kerak. Shunda u Kakadan (30) o‘zib ketadi.
PSJ – ANDeRLeHT
Parij. «Park de Prens» stadioni. 00:45 (Match Futbol 2).
SeLTIK – BAVARIYa
Glazgo. «Seltik Park» stadioni. 00.45 (Match Igra).
- «PSJ» agar bugun g‘alaba qozonsa-yu, «Seltik» «Bavariya»ni yuta olmasa, parijliklar pley-off masalasini hal qiladi. «Bavariya» g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, «PSJ»ga kamida 2-o‘rinni naqd qilishi uchun durang ham yetarli bo‘ladi.
- «Bavariya» «Seltik»ni yutadigan bo‘lsa, pley-off yo‘llanmasini muddatidan oldin hal qilishi mumkin. Buning uchun «PSJ» o‘z maydonida «Anderleht»ga mag‘lubiyatga uchramasliklari kerak.
- Agar «Seltik» bugun mag‘lubiyatga uchrasa-yu, «PSJ» mag‘lub bo‘lmasa, shotlandlar keyingi bosqichga chiqish imkoniyatidan butkul mahrum bo‘lishadi.
- «Anderleht» bugun Parijda mag‘lubiyatga uchraydigan bo‘lsa, shu bilan birga «Bavariya» ham yutqazmasa, belgiyaliklarning imkoniyatlari butunlay tugaydi. Agar «Bavariya» «Seltik»ni yutsa, «Anderleht»ni bugun durang ham qoniqtirmaydi.
S guruhi
«Atletiko» guruhdan chiqish uchun kurashmoqda
Keyingi 4 yilda «matraschilar» 2 marta YeChL finaliga yetib borishgan va faqat oxirgi daqiqalar tufayli orzuga yetisha olishmagan. Ammo bu safargi o‘yinlari orqali jamoa guruh bosqichida qolib ketishi ham mumkin. 3 turdan keyin Simeone jamoasi 2 ochko to‘plagan. O‘tgan turda Bokudagi nursiz va golsiz o‘yindan keyin (0:0) turnir debyutanti «Qorabog‘» ilk ochkosini ishladi, «Atletiko» guruh yetakchilari «Chelsi» va «Roma»ga yetib olish imkoniyatlarini pasaytirdi.
Seshanba oqshomida madridliklarni faqat g‘alaba qoniqtiradi. «Atletiko» uchun «Vanda Metropolitano»dagi o‘yinlar omadsiz o‘tmoqda. Shu tufayli jamoa dushanba kungi mashg‘ulotlarni avvalgi stadioni «Visente Kalderon»da o‘tkazdi. Bu yerda jamoa YeChLda 11 o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriya (9 g‘alaba va bir durang) o‘tkazgan. Yangi stadionda YeChLdagi ilk o‘yinida esa «Chelsi»ga mag‘lub bo‘ldi (1:2) va seriya buzildi.
ATLeTIKO – QORABOG‘
Madrid. «Vanda Metropolitano» stadioni. 22.45 (Match Futbol 3 – 0.50).
ROMA – CheLSI
Olimpiyskiy stadion. 22.45 (Match Futbol 2 – 22.30).
- «Chelsi» g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, pley-offga chiqadi.
- «Qorabog‘» agar yutqazadigan bo‘lsa-yu, «Roma» g‘alaba qozonsa, «Qorabog‘» keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini butunlay yo‘qotadi.
D guruhi
Messi yevrokuboklarida ikkinchi yuztalik sari qadam tashlaydimi?
Messi avvalgi turda «sehrli konfeti» yordamida «Olimpiakos» darvozasini ishg‘ol etib, yevrokuboklardagi yubiley golini urgandi (97ta gol YeChLda, 3ta gol UYeFA Superkubogida). U Pireydagi o‘yinning 61-daqiqasida jarima zarbasini golga aylantirgan.
Valverde Ispaniya chempionatining avvalgi turida sobiq jamoasi «Atletik»ni mag‘lub etib qaytdi. U bu safar o‘zining eng muvaffaqiyatli yillari o‘tgan yana bir jamoaga qarshi. Ispaniyalik murabbiy «Olimpiakos» bilan 3 marta Gretsiya chempioni bo‘lgan va 2 marta Kubok sohibiga aylangan. Agar kataloniyaliklar o‘z o‘yinida g‘alaba qozonsa va «Sporting» va «Yuventus» o‘yinida turinliklar ochko olsa, «Barselona» muddatidan avval guruhdan chiqish masalasini hal qiladi.
OLIMPIAKOS – BARSeLONA
Pirey. «Georgios Karaiskakis» stadioni. 00:45 (Match Nash sport).
SPORTING – YuVeNTUS
Lissabon. «Joze Alvalade» stadioni. 22.45 (Match Arena – 22.30).
- «Barselona» agar bugun g‘alaba qozonsa-yu, «Sporting» «Yuventus»ni yuta olmasa, kataloniyaliklar pley-off masalasini hal qilgan bo‘lishadi. «Yuventus» g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, «Barselona»ga kamida 2-o‘rinni naqd qilishi uchun durang ham kifoya qiladi.
- «Yuventus» «Sporting»ni yutadigan bo‘lsa, pley-off yo‘llanmasini muddatidan oldin hal qilishi mumkin. Buning uchun «Barselona» «Olimpiakos»ga mag‘lubiyatga uchramasliklari kerak.
- Agar «Sporting» bugun mag‘lubiyatga uchrasa-yu, «Barselona» mag‘lub bo‘lmasa, portugaliyaliklar keyingi bosqichga chiqish imkoniyatidan butkul mahrum bo‘ladi.
- «Olimpiakos» bugun «Barselona»dan mag‘lubiyatga uchraydigan bo‘lsa, shu bilan birga «Yuventus» ham yutqazmasa, greklarning imkoniyatlari butunlay tugaydi. Agar «Yuventus» «Sporting»ni yutsa, «Olimpiakos»ni bugun durang ham qoniqtirmaydi.
Mavzuga oid
11:22 / 03.10.2024
«Real», «Bavariya» va «Atletiko» yutqazdi, «Yuventus»da dahshatli kambek. YeChLda sensatsiyalar kuni
11:34 / 30.09.2024
Madrid derbisida to‘polon, «MYu» yirik hisobda yutqazdi. Kun o‘yinlari
15:34 / 18.02.2024
«Barsa»ni noodatiy penalti qutqardi, Mbappe joker rolida. Yevropada kun o‘yinlari
15:34 / 05.02.2024