Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin sobiq ittifoq vaqtidagi qatag‘onlarni oqlab bo‘lmasligini aytdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin sobiq ittifoqda 1930-yillarda sodir etilgan siyosiy qatag‘onlarni hech qanaqasiga oqlab bo‘lmasligini aytdi.
"Biz uchun, kelajak avlodlar uchun butun xalqlar, qatlamlar: ishchilar va dehqonlar, muhandislar va harbiy boshliqlar, ruhoniylar, davlat xizmatchilari, olimlar va madaniyat arboblari shafqatsiz ta'qiblarga mubtalo etilgan tariximizning o‘sha fojiali davri haqida bilish va uni yodda saqlash juda muhimdir", deb aytdi Putin qatag‘onlar qurbonlariga bag‘ishlangan "Hasrat devori " yodgorligi ochilishi marosimida.
Putinning ta'kidlashicha, qatag‘onlar butun xalq va jamiyat uchun fojiaga aylangan.
Yodgorlik 30 oktyabrda Moskvada ochildi. Davlat rahbari Moskva meri Sergey Sobyanin va Moskva va butun Rus patriarxi Kirill bilan yodgorlikni aylanib chiqqan va marosimning bir necha mehmonlari bilan suhbat qurgan.
Mavzuga oid
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026