Qaçon harorat xavfli hisoblanadi? Uning belgilari qanday böladi? Qanday dorilarni qöllaş kerak? Buvilarimizning maslahatlariga quloq tutsak böladimi? "Layfxaker" şu kabi savollarga javob beruvçi maqolasi bilan bölişdi.

Qanday harorat baland hisoblanadi?

Dastlab şuni ta'kidlaş lozimki, aslida harorat har bir insonda böladi va u me'yorda aynan 36,6 darajada bölişi şart emas. Bu örtaça körsatkiç hisoblanadi, çunki soğlom odamda u 36,1 dan to 37,2 darajagaça bölişi va hatto kun davomida özgarişi mumkin. Masalan, ovqatlangandan söng yoki jismoniy harakatlardan keyin harorat kötarilişi heç gap emas.

"Bolaning issiği çiqdi" deganda tana haroratining 37,2 darajadan yuqorilaşi nazarda tutiladi.

Nima uçun tana harorati kötariladi?

Istimalaş - organizmning turli infeksiyalarga nisbatan himoya reaksiyasi. Yuqori tana haroratida bakteriya va viruslarning omon qolişi qiyin, organizm şu tariqa xavfli mikroorganizmlarni yöq qiladi va biryöla immun tizimini faollaştiradi.

Bolalarda harorat köpinça biz şamollaş deb ataydigan raspiratorli virus infeksiyalari tufayli kötariladi. Biroq bunday bölmasligi ham mumkin. Harorat, şuningdek, yana turli jarohatlar, qiziş, onkologik, gormonal va autoimmun kasalliklari va hatto ba'zi dori vositalarining aks ta'siri natijasida ham yuzaga kelişi mumkin.

Bolaning istimasi çiqayotganini qanday anglaş mumkin?

Kattalar yuqori haroratni odatda quyidagi belgilarga köra aniqlaşadi:

  1. Zaiflaşiş;
  2. Boş oğriqlari;
  3. Titroq;
  4. Iştahaning yöqolişi;
  5. Muşaklardagi oğriqlar;
  6. Terlaş.

Gapirişni biladigan yoşdagi bolalar yoqimsiz holatdan şikoyat qilişlari mumkin. Biroq hali tilga kirib ulgurmagan bolakaylarda ham harorat kötarilişi kuzatiladi.

Çaqaloqlarda haroratni ölçaş uçun bolaning noodatiy xatti-harakatlari sabab bölişi mumkin: