O‘zbekiston | 11:40 / 01.11.2017
16757
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston chegarachilari O‘zbekiston fuqarosini giyohvand modda bilan ushlashdi

Foto: Total.kz

Qozog‘iston chegarachilari Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasidan giyohvand moddalarni olib o‘tishga uringan shaxsni qo‘lga olishdi.

Sariog‘och chegara otryadining «Jibek joli avto» nazorat-o‘tkazish punkti naryadi maxsus itdan foydalangan holda, chegarani tanasiga gashish giyohvandlik moddasini yopishtirib olgan tarzda kesib o‘tishga uringan O‘zbekistonning 25 yoshli fuqarosini ushladi, deya xabar bermoqda mahalliy nashrlar.

Qo‘lga olingan shaxsni ko‘zdan kechirish jarayonida uning yonidan 45 grammdan oshiqroq bo‘lgan giyohvand modda topilgan. U Qozog‘istondan O‘zbekistonga piyoda ketayotgan bo‘lgan.

Qayd etilishicha, huquqni muhofaza qilish organlari va o‘zaro hamkorlik qiluvchi idoralar vakillari ushbu holatdan xabardor qilingan.

Mavzuga oid