Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikaning Puebla shtatida o‘ndan ko‘proq kishi o‘ldirib ketildi
Meksikaning Puebla shtati bosh prokurturasi 30 oktabrda yer osti quvurlaridan yonilg‘i o‘g‘irlovchi jinoiy to‘dalar o‘rtasidagi qarama-qarshilik oqibatida 12 kishi o‘ldirilganini ma'lum qildi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, yana 4 kishi, jumladan bir ayol 31 oktabrda qurollangan kishilar tomondan shtatdagi shifoxonalardan birida otib ketilgan. Yana bir kishi o‘z mashinasi ichida otib ketilgan.
Prokuraturaning ma'lum qilishicha, 31 oktabr kunduzi Tlaltenango tumanida spirtli ichimlik iste'mol qilayotgan 5 kishi o‘ldirib ketilgan.
Avvalroq shtat hududida o‘tgan havaskor futbol jamoalari uchrashuvi vaqtida 7 kishi o‘qqa tutilgani ma'lum qilingandi. Hukumatning fikricha, bu qotilliklar yonilg‘ini o‘g‘irlash bilan bog‘liq noqonuniy biznesda ta'sir doiralarining qayta taqsimlanishi sabab yuz bergan.
Avvalroq Pemex neft kompaniyasi rahbari Antonio Gonsales Anayya neft mahsulotlari o‘g‘irlanishi oqibatida har yili 20 mln peso (1,1 mlrd dollar) yo‘qotilishini ma'lum qilgan. Bu noqonuniy biznes Meksikada keng tarqalgan. 2010 yil dekabrda Puebladagi San-Martin-Teksmelukan posyolkasida yonilg‘i quvurini noqonuniy kesish vaqtida yuz bergan portlash oqibatida 29 kishi hayotdan ko‘z yumgan. Shunga o‘xshash hodisalar, biroq kamroq sondagi qurbonlar bilan Meksikaning turli shtatlarida muntazam ravishda sodir bo‘lib turadi.
Mavzuga oid
09:58 / 28.01.2026
Meksika chegarasida to‘qnashuv: odam kontrabandasida gumonlanuvchi yaralandi
23:09 / 23.01.2026
AQSh eng yirik giyohvandlik imperiyalaridan birini yaratgan sobiq sportchini qo‘lga oldi
23:36 / 22.01.2026
Tramp Grenlandiyani sotib olmoqchi – AQSh tarixda ko‘plab hududlarni sotib olgan
22:40 / 15.01.2026