Putin Tehronga keldi
Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Tehronga keldi. U bu yerda Eron va Ozarboyjon prezidentlari Hasan Ruhoniy hamda Ilhom Aliyev bilan uch tomonlama uchrashuvlarda ishtirok etadi.
Putin Tehronga kelib Sa'dobod saroyiga, Eron Islom Respublikasi prezidenti Hasan Ruhoniy bilan uchrashish uchun yo‘l olgan.
Tor doiradagi uchrashuvlar oldidan Putin o‘z hamkasbiga kichik sammit tashkilotchiligi uchun minnatdorchilik bildirgan.
Putinning bu galgi tashrifi Eron va AQSh munosabatlaridagi taranglik yanada kuchaygan vaqtga to‘g‘ri kelmoqda. AQSh prezidenti ma'muriyati Eronni Yaqin Sharqdagi eng bosh aybdorga aylantirish niyati borligini avval ham yashirmagan. Shu yilning may oyida Saudiya Arabistoniga qilgan tashrifi chog‘ida Donald Tramp Tehronni terrorizmni dastaklashda ayblab chiqdi. Ayni paytda ikki davlat munosabatlaridagi eng qizg‘in mavzu 2015 yilda tuzilgan Eron o‘z yadroviy dasturidan voz kechsa, unga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni bekor qilish imkonini beruvchi umumqamrovli qo‘shma harakatlar rejasi (UQHR) evaziga yuzaga kelgan Eron yadroviy bitimi taqdiriga bog‘liq.
Tehrondagi uchrashuv: Rossiya, Eron va Ozarboyjon yo‘lboshchilari nima haqida gaplashishadi?
«Rossiya prezidentining Eronga tashrifi bugungi kunda tarixiy cho‘qqisida turgan Rossiya-Eron munosabatlarining strategik xarakterini ta'kidlashi shubhasiz», — degan RT bilan suhbatda «Strategik kommunikatsiyalar» byurosi bosh direktori Yevsey Vasilev.
Ekspert «Hozirgi sharoitlarda — AQSh va uning ittifoqchilari tomonidan davlatlarimizning tashqi bosim va «xalqaro izolyatsiya»ga duchor qilishga urinish bo‘layotgan bir paytda Moskva va Tehronning harakatlari mushtarak bo‘lishi kerak»ligini qayd etdi.
Mavzuga oid
22:30 / 14.11.2024
Putin Rossiyada YouTube faoliyati sekinlashgani bilan «shug‘ullanish»ga va’da berdi
20:43 / 13.11.2024
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi
22:15 / 12.11.2024
OAV: Putin Trampning inauguratsiyasigacha Kurskni qaytarishni buyurdi
13:11 / 12.11.2024