O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri BMT Bosh kotibi o‘rinbosari bilan uchrashdi
2017 yilning 1 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi o‘rinbosari, Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ijrochi direktori Yuriy Fedotov bilan uchrashdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Yuriy Fedotov boshchiligidagi BMT Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi delegatsiya Toshkent shahriga ikki tomonlama muzokalar olib borish va ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasining «Terrorizmga qarshi kurash – chegarasiz hamkorlik» mavzuidagi 5-ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etish maqsadida tashrif buyurdi.
Bo‘lib o‘tgan suhbatda BMT va uning ixtisoslashtirilgan institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish doirasida O‘zbekistonning BMT Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi bilan munosabatlarining mustahkamlash holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, turli ko‘rinish va shaklardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishdan tomonlar o‘zaro manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.
Bugungi kunda, O‘zbekistonda BMT Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ko‘magida milliy va mintaqaviy darajadagi dasturlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekistonning tegishli tuzilmalari 2016-2019 yillarda Afg‘oniston va qo‘shni davlatlar uchun mintaqaviy dasturda, hamda Markaziy Osiyo davlatlari uchun 2015-2019 yillarga mo‘ljallangan dasturda ishtirok etmoqda.
Mamlakatda 2016-2020 yillarda Narkotik moddalarni suiste'mol qilish va noqonuniy aylanishiga qarshi kurash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi qabul qilinib amalga tatbiq etilmoqda. Dasturda narkotik moddalarning noqonuniy aylanishini tartibga solish va narkologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, norkologik xizmat va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning moddiy-texnik zaxirasini yaxshilashga alohida e'tibor qaratilgan.
Uchrashuv davomida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Suhbatda BMT Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi boshlig‘i Ashita Mittal ishtirok etdi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xolokostdan omon qolgan 97 yoshli keksa ayol universitet talabasiga aylandi
Jahon | 01:16
-
Istanbuldagi muzokaralar 16 mayga ko‘chirildi. Zelenskiy Ukraina delegatsiyasi tarkibini tasdiqladi
Jahon | 00:53
-
9 mln dollarni talon-toroj qilishda ayblangan O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada qo‘lga olindi
O‘zbekiston | 23:58 / 15.05.2025
-
Rossiya Quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimdan olindi
Jahon | 23:46 / 15.05.2025
Mavzuga oid

23:35 / 14.05.2025
BMT: Afrikada har 6 soniyada ochlikdan bir bola vafot etmoqda

07:29 / 14.05.2025
BMT: G‘azoda issiq ovqat tarqatish miqdori 70 foizga kamaydi

07:55 / 06.05.2025
BMT dunyo yetakchilarini G‘azo aholisini oziq-ovqat bilan ta’minlashga chaqirdi

13:10 / 05.05.2025