Singapur aeroportida to‘liq avtomatlashtirilgan terminal ochildi
Singapurning "Changi" aeroportida samolyotga qo‘nish vaqtida yo‘lovchilar mustaqil ravishda ro‘yxatdan va bojxona nazoratidan o‘tmoqdalar, deb xabar bermoqda The Straits Times nashri.
Yangi terminalda reysga o‘tirishning barcha bosqichlari, jumladan ro‘yxatdan o‘tish va yukning tekshirilishi to‘liq avtomatlashtirildi. Aksariyat yo‘lovchilarda elektron tekshiruvdan o‘tish vaqtida hech qanday muammolar paydo bo‘lmagan, biroq ba'zilar o‘z ma'lumotlarini qo‘lda kiritishlariga to‘g‘ri kelgan, chunki ular bilan bog‘liq holatda yuzni tanish tizimi ishlamagan.
"Gap shundaki, ularning biometrik ma'lumotlari tizimda bo‘lmagan, shu sababli tizim ularning shaxsini o‘rnata olmagan", deb ushbu holatga izoh berdi aeroportning boshqaruvchi direktori Jyeyson Go. Qolgan yo‘lovchilarning aytishlaricha, avtomatlashtirilgan tizim tushunarli hamda vaqtni tejaydi.
Yangi terminal birinchi kuniyoq 19 ta reys va 4200 yo‘lovchini qabul qilgan. Aeroportga kelayotganlar va o‘z reysini kutayotganlar xavfsizlik nuqtai nazaridan aralashib ketmaydilar. Tartib ortidan qo‘riqlash xizmati xodimlari nazorat olib borishadi. Terminal to‘liq quvvat bilan ishlay boshlaganda, yiliga 16 mln yo‘lovchini qabul qila oladi va aeroportning yo‘lovchilar o‘tkazish qobiliyatini 82 mln yo‘lovchigacha oshiradi.
Bu orada Dubay xalqaro aeroportidagi nazorat-o‘tkazish punktida "virtual akvariumlar" – 80 ta kamera va yuzni tanish tizimi bilan jihozlangan arkalar o‘rnatilmoqchi. "Akvarium"ning sun'iy ongi har kuni yuzni tanish texnologiyasini takomillashtirib boradi.
Mavzuga oid
16:17 / 04.10.2024
Yarim asrda birinchi marta: Singapurda sobiq vazir pora olgani uchun qamaldi
21:03 / 31.08.2024
Singapurda erkak xotini bilan ajrashish uchun uning mashinasiga kannabis tashlab qo‘ygani aniqlandi
14:02 / 24.08.2024
Singapur kompaniyasi O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri charter reyslarini amalga oshirmoqchi
09:21 / 25.07.2024