Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi mahallada bir guruh harbiy xizmatchilar faollar va yoshlar bilan uchrashdi
Toshkent shahri Uchtepa tumani Abdulla Qodiriy nomli mahalla fuqarolar yig‘inida bir guruh harbiy xizmatchilarning mahalla faollari va o‘quvchi yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. “Vatanparvarlik – mahalladan boshlanadi” nomli tadbirda harbiy xizmatchilar va faxriylar mamlakatimizda harbiy sohada erishilayotgan yutuqlar, kiritilayotgan o‘zgarishlar va yaratilayotgan sharoitlar haqida keng tushunchalar berdilar, deb xabar qilmoqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.
Bunday tadbirlar bir tomondan Vatan himoyachilarining kayfiyatini, Qurolli Kuchlarda kechayotgan islohotlar, o‘zgarishlarga fuqarolarning munosabatini aniqlashga imkon berayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan xalqimizning o‘z armiyasiga bo‘lgan e'tiborini aniqlashning muhim vositalaridan biriga aylandi.
Tadbirda joriy yilda bo‘lib o‘tgan uchinchi Xalqaro armiya o‘yinlarining “Qo‘shin razvedkasi a'lochilari” tanlovida faxrli 3-o‘rinni, yaqindagina Buyuk Britaniyada qo‘shin razvedkachilari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan “Kembriya patruli” xalqaro tanlovida 2-o‘rinni olib qaytgan Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari o‘z yutuqlari haqida gapirib berishdi. Yoshlarni qiziqtirgan savollarga to‘laqonli javob qaytarildi.
Tadbirda Mudofaa vazirligi mas'ul ofitserlari polkovnik Maqsud Abilov, podpolkovnik Alisher Shirinov, Qurolli Kuchlar faxriysi Odiljon Rajabov, mahalla yig‘ini raisi Liliya To‘raxodjayevalar so‘zga chiqdi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli jamoasi yakkaxon xonandalarining ijrosidagi vatanparvarlik mavzusidagi kuy va qo‘shiqlar tadbirga yanada fayz bag‘ishladi.
Mavzuga oid
17:51 / 22.06.2026
Mahallani rivojlantirish milliy instituti tashkil etiladi
15:35 / 09.06.2026
Mudofaa bo‘limlarida tibbiy komissiyalar tugatilib, maoshlar oshiriladi
15:20 / 09.06.2026
Harbiy havo kuchlari jangovar qo‘mondonligi tashkil etildi
12:18 / 23.05.2026