23:30 / 03.11.2017
9516

Bitkoin kursi 7400 dollardan oshdi

Bitkoin o‘sishda davom etmoqda: u ikki hafta ichida deyarli 1500 dollarga qimmatlagan.

20 oktabrda uning qiymati 6 ming dollardan oshgandi. Ikki hafta o‘tgach esa kriptovalyuta deyarli 25 foizga qimmatlashib, 3 noyabrda uning eng maksimal kursi 7461 dollarni tashkil qilgan. 

Foto: hi-tech.mail.ru

Bitkoin sentabr o‘rtalaridan beri sekin-asta qimmatlashib bormoqda. O‘shanda kriptovalyuta Xitoyda cheklangandan keyin kursi maksimal pasayishni qayd qilgan. O‘shandan keyin bitkoin qiymati 500 dollardan ko‘proqqa pasaymagan.

Kriptovalyutalar bozorining umumiy qiymati 200 mlrd dollarga yetgan. Bu haqda 1254 ta kriptovalyuta ishtirokidagi savdo operatsiyalari bilan bog‘liq vaziyatni kuzatib boruvchi Coinmarketcap sayti ma'lum qilgan.

Sayt ma'lumotlariga ko‘ra, bu bozorning qiymati 200 313 439  618 dollarni tashkil qilmoqda. Bu ko‘rsatkichga erishishda salmoqli hissani bitkoinlar qo‘shgan, ularning umumiy qiymati 124 mlrd dollardan oshgan.

Top