Arkham Intelligence kompaniyasi ma’lumotlariga köra, kriptovaluta hamyonlari egaligini aniqlaş uçun sun’iy intellektdan foydalangan holda ötkazilgan tadqiqot Şimoliy Koreya hakerlar guruhi Lazarus (ular TraderTraitor nomi bilan ham ma’lum) 13 ming 580 bitkoinga egaligini körsatdi. Bugungi kunda bu miqdor taxminan 1,15 mlrd dollar baholanmoqda.

Natijada, Şimoliy Koreya kriptovaluta zaxiralari böyiça dunyoda uçinçi örinni egalladi. Birinçi örinda 16,5 mlrd dollarlik zaxira bilan AQŞ, ikkinçi örinda Buyuk Britaniya turibdi — ularning zaxirasi 5 mlrd dollar atrofida.

Şu bilan birga, AQŞ va Buyuk Britaniya uşbu kriptoaktivlarni asosan jinoyatçilardan musodara qilingan mablağlar hisobidan qölga kiritgan.

Lazarus Group dunyodagi eng muvaffaqiyatli jinoiy kibergurohlardan biri hisoblanadi. Uning hakerlik faoliyati orqali topgan mablağlari Kim Jong Un rejimi uçun muhim moliyaviy manba bölib, jumladan, ommaviy qirğin qurollarini işlab çiqiş dasturlarini moliyalaştirişda qöllaniladi.

AQŞ Federal tergov byurosi (FBI) ma’lum qilişiça, Lazarus kriptovaluta birjasi Bybitga uyuştirilgan hujumda 1,6 mlrd dollarlik Ethereumʼni öğirlagan. Bu hajm Şimoliy Koreyaning 2023 yildagi harbiy budjeti (1,4 mlrd dollar) dan ham yuqori.

Bu hozirgaça aniqlangan eng yirik kiberöğirlik hisoblanadi. Avvalgi rekord 2003 yilda Saddam Husayn tomonidan Iroq Markaziy bankidan öğirlangan 1 mlrd dollarga tegişli edi.

Kriptobezopaslik sohasida mutaxassislaşgan TRM Labs ma’lumotlariga köra, 2025 yil fevral oyida dunyo böylab kriptovalutada öğirlangan 1,7 mlrd funt sterlingning 35 foizi Şimoliy Koreya hukumati bilan boğliq haker guruhlariga töğri keladi.