Jahon | 18:05 / 03.11.2017
8556
1 daqiqa o‘qiladi

Meksikada jinoiy to‘da boshlig‘i plastik jarrohlik amaliyoti vaqtida otib ketildi

Foto: AP

Meksikada yonilg‘i mahsulotlarini o‘g‘irlash bian shug‘ullanuvchi jinoiy to‘da rahbari plastik jarrohlik amaliyoti uchun yotqizilganda otib ketildi. U tashki ko‘rinishini o‘zgartirish niyatida bo‘lgan, deb xabar qilmoqda Puebla shtati prokuraturasi.

Meksikada neft quvurlariga noqonuniy ravishda ulanib oluvchi jinoyatchilarni "uachikoleros" deb atashadi. So‘nggi haftada Puebla shtatidagi munosabatlarni bu kabi "oydinlashtirib olishlar"da kamida 16 kishi halok bo‘lgan. 

Shifoxonaga hujum 30 oktabr kuni amalga oshirilgan. Huquq-tartibot xodimlari o‘ldirilganlardan biri "Kalimba" laqabli Xesus Martin ekanini aniqlashgan. Prokuraturaning qayd etishicha, amaliyot stolida yotgan mijozning nafaqat yuzi, balki barmoq izlarini ham o‘zgartirishmoqchi bo‘lishgan.

Undan tashqari otishmada yana 3 kishi o‘ldirilgan.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid