Birgina noqobil va allaqachon davlatdan chiqib ketgan odam uchun O‘zbekiston javobgar emas - AQSh kongresmenlari

Foto: Rasul Qusherbayev
Oliy Majlis Senati a'zolari va Qonunchilik palatasi deputatlaridan iborat delegatsiya AQShning "Open World” dasturi doirasida Vashington shahriga tashrif buyurdi. Unda o‘zbekistonlik qonun ijodkorlari AQSh Kongressi va Senati a'zolari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu haqda Kun.uz'ga deputat Rasul Qusherbayev ma'lum qilgan.
Uchrashuvlar davomida parlamentlararo munosabatlarni kuchaytirish, o‘zaro tajriba almashinuv bilan birga tinchlik va barqarorlikka putur yetkazuvchi omillarga qarshi hamjihatlikda kurash olib borish zarurligi qayd etilgan.
"AQSh senatori Rojyer Viker, kongressmenlar Eliot Enjyel, Frankis Runey, Jim Makgovern, Devid Prays, Richard Hadson muloqotlar davomida kuni kecha Nyu-York shahridagi terrorchilik harakatini, kelib chiqishi o‘zbekistonlik shaxs amalga oshirganini, afsus bilan qayd etish bilan birga, O‘zbekiston Prezidentining ta'ziyasi va amerikaliklarga qilgan murojaatini yuksak baholadi”, deydi Rasul Qusherbayev.
Ushbu mudhish jinoyatning ildiziga yetib borish va qarshi kurashda O‘zbekistonning har doim ko‘makka tayyor ekanligi AQSh uchun muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidlangan. Buning uchun amerikalik qonun ijodkorlari o‘z minnatdorchiligini bildirdilar.
"Ularning fikricha birgina noqobil va allaqachon davlatdan chiqib ketgan odam uchun O‘zbekiston javobgar emas, bunday ishni har qanday boshqa shaxs ham qilishi mumkin edi. Uchrashuvlar davomida davlat va xalqlar aro o‘zaro munosabatlarni rivojlantirish qatorida shuningdek, AQSh va O‘zbekiston parlamentlararo do‘stlik guruhlarini tuzish masalalari ham muhokama etildi. AQSh kongressi vakillari O‘zbekistondagi islohotlarga xayrixoh ekanliklarini ma'lum qildilar”, deb qo‘shimcha qilgan deputat.
Tavsiya etamiz
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Karlovi Vari - Yevropaning asosiy sog‘lomlashtirish joyi
Jamiyat | 15:00
-
Qatar biz uchun noqulay raqib, lekin undan kuchlimiz – Temur Kapadze
Sport | 20:01
-
Sankt-Peterburgdan Toshkentga uchishi kerak bo‘lgan aviareys kechiktiriladi
Jamiyat | 19:55
-
Moskvada OMON migrantlarga kuch ishlatdi. O‘zbekiston TIV va Migratsiya agentligi vaziyatni o‘rganmoqda
O‘zbekiston | 19:46
Mavzuga oid

13:48 / 30.05.2025
O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi mavqeyiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillar aytildi

16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi

19:32 / 25.04.2025
Tanzila Norboyeva Turkiya Buyuk Millat Majlisi rahbari bilan uchrashdi

16:11 / 16.01.2025