Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyaning Mersiniga yangi Boku-Tbilisi-Qars temir yo‘li orqali ilk poyezd keldi
Foto:aa.com.tr
Turkiyaning Mersin shahriga Boku-Tbilisi-Qars (BTQ) temir yo‘li magistrali orqali ilk poyezd yetib keldi. Poyezd Qozog‘istondan jo‘natilgan.
Poyezd Mersinga 600 tonna bug‘doy ortilgan 30 ta konteynerni keltirgan. Qarsdan Mersingacha masofa 1258 km ni tashkil qiladi va poyezd uni 30 soatda bosib o‘tdi.
BTQning rasmiy ochilishi 30 oktabrda Bokudan 90 km uzoqlikda joylashgan Alyati posyolkasidagi portda bo‘lib o‘tgan. Marosimda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Gruziya bosh vazirlari Abdulla Aripov, Bakitjan Sag‘intayev va Georgiy Kvirikashvili ishtirok etgan.
Temir yo‘l magistrali loyihasi 2008 yilda boshlangan. Loyiha doirasida Gruziyadagi Axalkalaki stansiyasidan Turkiyaning Qars shahri temir stansiyasigacha temir yo‘l liniyasi qurilgan.
BTQ Ozarbayjon, Gruziya va Turkiya temir yo‘l tarmoqlarini birlashtiradi va uning uzunligi 826 km ni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
23:32 / 16.04.2026
Bolalarni o‘ldirgan bolalar. Turkiya maktablaridagi qonli otishmalar tafsiloti
12:53 / 16.04.2026
Turkiyadagi maktabda ro‘y bergan otishma qurbonlari soni ortdi
18:05 / 15.04.2026
Turkiyadagi maktabda otishma ro‘y berdi. Qurbonlar va yaralanganlar bor
14:29 / 14.04.2026